Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-04-23 11:19:14 CHET TILINI O'QITISH YUZASIDAN

MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich chet tili fani 5-9-sinflarda intensivlikni oshirish orqali oʻquvchilarda bazaviy bilim va nutqiy koʻnikmalar shakllantirish hamda 10-11-sinflarda akademik yozuv va soʻzlashish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitishda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari, shuningdek, taʼlim muassasasida ushbu fan boʻyicha malakali fan oʻqituvchisi mavjudligi inobatga olinishi lozim.

Bunda, umumiy oʻrta taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi 1-sinflarda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari asosida ular tomonidan tanlangan chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga murojaat qiladi. Ushbu murojaat taʼlim muassasasining Pedagogik kengashida muhokama qilinadi va kengashning ushbu fanni chet tili sifatida oʻqitilishi yoki asosli sabablari koʻrsatilgan holda oʻqitish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Mazkur qaror asosida chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan biri umumtaʼlim maktabida yoki maʼlum bir sinfida chet tili fani sifatida oʻqitiladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
23.7K views08:19
Ochish/sharhlash
2024-04-23 07:28:28 Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
16.0K views04:28
Ochish/sharhlash
2024-04-22 18:10:58 2024-2025 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJASIDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BO‘LDI?

MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi. Ushbu o‘quv rejada avvalgisidan farqli o‘laroq quyidagi o‘zgarishlar mavjud.

Chet tili fani 1-sinflar uchun haftasiga 1 soat, 5-6-sinflarda haftasiga 4 soat, 11-sinflarda haftasiga 2 soat etib belgilandi.

1-2-sinflarda informatika va axborot texnalogiyalari fani haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

5-sinflarda biologiya va geografiya fanlari o‘rniga tabiy fan haftasiga 2 soatdan o‘tiladi. 2-sinflarda tabiy fan haftasiga 1soat o‘tiladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
34.9K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2024-04-22 15:38:19

2024-2025 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJASI TASDIQLANDI.

MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
34.1K views12:38
Ochish/sharhlash
2024-04-22 14:47:35

IMTIHON MATERYALLARI 2024. RASMAN TASDIQLANDI.

9-sinflar uchun:

Matеmatika
Jismoniy tarbiya
Ona tili va adabiyot
O'zbеkiston tarixi

11-sinflar uchun:

Davlat va huquq asoslari
Kimyo
Fizika
Gеografiya
Matеmatika
O'zbеkiston tarixi
Ona tili va adabiyot
Ingliz tili

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
42.3K views11:47
Ochish/sharhlash
2024-04-22 09:01:22 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.0K views06:01
Ochish/sharhlash
2024-04-20 19:02:42 9-SINFLARGA QIZIL SHAHODATNOMA VA 11-SINFLARGA OLTIN, KUMUSH MEDALLARINI BERISH TARTIBI QUYIDAGICHA.

9-sinflarga qizil shahodatnoma berish:

Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 9-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan.)

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori.

11-sinflarga oltin, kumush medallarini berish:

Oltin
medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.1K views16:02
Ochish/sharhlash
2024-04-20 17:59:02
21-29-aprel kuni attestatsiya imtihonini topshiradigan MATEMATIKA fani ustozlari uchun MUHIM XABAR

21-28-aprel kunlari @attestatsiya_online telegram kanalida bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi, 2019-yil Jautikov xalqaro olimpiadasi oltin medal sohibi va 2 yildan beri ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanib kelayotgan ABBOSXON SAYLIEV tomonidan 1 haftalik BEPUL-JONLI intensiv darslar bo'lib o'tadi

Darslar @attestatsiya_online telegram kanali orqali bo'lib o'tadi. Dars mavzularini yuqoridagi rasm orqali ko'rib olishingiz mumkin. Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq ushbu telegram kanaliga obuna bo'lib qo'ying

@attestatsiya_online
@attestatsiya_online
@attestatsiya_online

P.S. bu xabarni matematikadan attestatsiya topshiradigan ustozlarga yuborib qo'yamiz
15.4K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-04-20 16:49:35

MAKTABLAR O‘RTASIDAGI TANLOV DAVOM ETMOQDA!

Ovoz berish uchun
“Maktablar o‘rtasida tanlov bot” ga o‘ting va o‘z maktabingizni tanlab ovoz bering. Ovoz berish 25-maygacha davom etadi. Tanlovda qatnashish shartlari bu yerda (ko‘k yozuvga bosing).

Maktabingizga ovoz yig‘ish uchun ushbu xabarni o‘quvchilar, ota-onalar guruhlariga yuboring!

Bot linki bu yerda

https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
16.8K views13:49
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:06:02 YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.


Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.0K views05:06
Ochish/sharhlash