Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-03-26 18:40:43
Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
19.7K views15:40
Ochish/sharhlash
2024-03-25 10:50:24 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.9K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-03-25 08:37:10 FANLARDAN 4-CHORAK UCHUN ISH REJALAR UYGA VAZIFALARI BILAN EMAKTAB.UZ UCHUN.

O'zingizga kerakli bo'lgan reja ustiga bosing va yuklab oling. Boshqalarga ham ulashishni unutmang.

Adabiyot 5-11-sinf
O'qish savodxon. 1-4-sinf
Biologiya 5-11-sinf
Fizika 7-11-sinf
Fransuz tili 1-11-sinf
Geografiya 5-10-sinf
Huquq 8-11-sinf
Iqtisod bilim asos. 8-11-sinf
Informatika 1-11-sinf
Ingliz tili 1-11-sinf
Jismoniy tarb. 1-11-sinf
Kimyo 7-11-sinf
Matematika 1-6-sinf
Algebra+Geomet. 7-11-sinf
Musiqa 1-7-sinf
Nemis tili 1-11-sinf
Ona tili 5-11-sinf
O'zbek tili 5-11-sinf
Rus tili 2-11-sinf
Sinf soati 1-11-sinf
Tabiiy fanlar 1-6-sinf
Tarbiya 1-11-sinf
Tarix(Jahon+O'zb.) 5-11-sinf
Tasviriy san'at 1-9-sinf
Texnologiya(1+2-yo'nal.+umummiy) 5-9-sinf
CHQBT 10-11-sinf

Биология 5-11-кл
Воспитание 1-11-кл
География 5-10-кл
Гос. права 8-11-кл
Изо. искусство 1-9-кл
Информатика 1-11-кл
История(Всем+Узб) 5-11-кл
Класс. час 1-11-кл
Читат. грамат. 1-4-кл
Литература 5-11-кл
Математика 1-6-кл
Алгебра-Геомет. 7-11-кл
Музыка 1-7-кл
Естеств. науки 1-6-кл
Русский язык 1-11-кл
Технология(1+2-направ.) 5-9-кл
Физ-ра 1-11-кл
Физика 7-11-кл
Химия 7-11-кл
Экономика 8-11-кл
НДП 10-11-кл

ISH REJALAR UYGA VAZIFALARI BILAN YUKLANDI, OBUNA BO'LISHNI UNUTMANG
Rejalarni darslik bilan solishtirib keyin yuklash maslahat beriladi.
Ish rejalar kanali:
@e_baza_ishreja
Savol-javob guruhimiz
https://t.me/+rbZqC32TTxdlY2Ri
https://t.me/+rbZqC32TTxdlY2Ri

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
31.1K views05:37
Ochish/sharhlash
2024-03-25 03:12:14 Darsga halaqit bеrib, darsni buzadigan o'quvchilarga qanday chora ko'rish mumkin?

Assalomu alaykum. O‘quvchi darsda xulqi yomon. Dars jarayonini buzadi. Boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan janjallashadi. Shu xodisaga qanday qonun doirasida chora ko‘rish mumkin

YURIST JAVOBI:

O'quvchiga nisbatan biror ta'sir chorasi qo'llanilmaydi, aksincha bunday vaziyatda uning ota-onasiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llaniladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug'iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 14-bandiga asosan o'quvchi dars mashg'ulotlarida:

tеgishli darslik va zarur o'quv qurollari bilan ishtirok etish;

darslarda o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ishlarga chalg'imaslik;

o'qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo'lganda qo'lini ko'tarib ruxsat so'rash;

sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilishi shart.

Mana shu qoidaga binoan o'quvchi yuqoridagilarni bajarishi talab etiladi.

Agar u mazkur majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlasa, unda ota-onaga nisbatan ta'sir chorasi ko'rilishi mumkin.

Bunday holatda ota-onaga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodеks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Ya'ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan kеyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
42.8K views00:12
Ochish/sharhlash
2024-03-24 17:06:06 Ertadan, ya’ni 25-martdan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha xodimlarga ketma-ket 4 kunlik dam olish kuni berildi. Ertadan, ya’ni 25-martdan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun IV chorakning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktablarda dars bo‘lmagan vaqt ya’ni, o‘quvchilar uchun berilgan bahorgi ta’til payti barcha pedagog xodimlarga ish kuni sanaladi.

Bu paytda o'qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi, yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O'quvchilar uchun IV chorak darslari 2024-yil 28-martdan boshlanadi.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
13.4K views14:06
Ochish/sharhlash
2024-03-23 19:32:14 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.2K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2024-03-23 18:29:52
Maktablar o'rtasida tumanlararo "THE BEST SCHOOLS" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda. Ko'p ovoz olgan maktablar tuman bosqishidan viloyat va Respublika bosqichiga yo'l oladi. O'z maktabingizni keyingi bosqichga chiqishiga ko'maklashing. (Tuman bosqichi 31-martga qadar davom etadi)

Maktablar ro'yxati
@eng_yaxshi_maktab_bot
21.2K views15:29
Ochish/sharhlash
2024-03-23 09:34:26 PEDAGOG XODIMLAR IKKI BOSQICHLI ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO‘RA QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHI KERAK

oliy toifa uchun  80 ball va undan yuqori

birinchi toifa uchun 70 ball va undan yuqori

ikkinchi toifa uchun 60 ball va undan yuqori

mutaxassis toifa uchun 55 balldan 59 ballgacha

55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.0K views06:34
Ochish/sharhlash
2024-03-23 06:09:49 AGAR O‘QUVCHI ICHKI NAZORATGA OLINSA SINF RAHBARI QUYIDAGI ISHLARNI QILISHI KERAK.

Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi 308-sonli buyrug‘iga ko‘ra agar o‘quvchi ichki nazoratga olinsa, MMIBDO‘, CHQBT rahbari, sinf rahbari, psixologlarga o‘quvchi bilan ishlashda alohida vazifalar belgilangan.

Quyida sinf rahbarining vazifalarini keltirib o‘tamiz. Sinf rahbari ushbu ishlarni bajarishda alohida ish reja tuzib, direktorga tasdiqlatadi va qilingan ishlarni jamlab yig‘ma jild yuritadi.

ta'lim muassasasi va undan tashqarida oʻquvchilar tomonidan ta’qiqlangan buyumlar (o'tkir tigʻli jismlar, oʻyin kartasi, turli zararli kimyoviy moddalar va pirotexnik vositalar, maxsus gaz sachratuvchi moslamalar, qimmatbaho buyumlar, ma'naviyatga va xulqqa salbiy ta'sir ko'rsatuvchi boshqa predmetlar)ni olib yurish mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda to'garaklarga jalb qilish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning ta'lim muassasasi va sinf miqyosida o'tkaziladigan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarga muntazam ravishda jalb qilish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning bo'sh o'zlashtirayotgan fanlar boʻyicha faoliyatini muntazam tahlil qilib borish, fan o'qituvchisiga darslarda ushbu o'quvchini faollashtirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning darslarga to'liq o'quv qurollari bilan ishtirok etishi va davomatini, shuningdek odob-axloq qoidalariga rioya qilishini kunlik nazorat qilib borish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilar maktabga kelmay qolgan holatda zudlik bilan shu kunning o'zida (soat 10:00 gacha) ularning ota-onalari bilan telefon orqali bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritish, ota-onasi bilan bog'lanish imkoni boʻlmaganda, ta'lim muassasasi rahbariyatini ogohlantirish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning oʻqishi va xulqida kuzatilayotgan har qanday o'zgarishlarni ularning ota-onalari va maktab rahbariyatiga ma'lum qilish.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.4K views03:09
Ochish/sharhlash
2024-03-23 04:56:01 Hurmatli ustozlar!

Bu yilgi attestatsiya jarayonida pedagogik mahoratdan testlar tushadi. Ushbu testlardan na’munalarni
Toifa Test botiga joylaganmiz. Testlar 6 ta variyantda berilgan. Qolaversa, mutahasislik fanlaridan ham testlar 2 ta variyantda joylangan.

Marhamat, testlarni ishlab ko‘ring va o‘qituvchilarga ulashing!
/START

Test ishlash
20.7K views01:56
Ochish/sharhlash