Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2024-04-20 07:06:48


Bir vaqtning o'zida bir emas ikki nufuzli universitetning talabasiga aylaning va ta xalqaro diplomni qo'lga kiriting!

Ushbu Double Degree dasturi orqali siz 2 yil Chexiyada va 1 yil Germaniya, AQSh, Kanada, Shvetsariya yoki Angliyada o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz

Batafsil ma'lumot uchun bog'laning:

788880030 | onlayn konsultatsiya

Telegram Instagram
15.7K views04:06
Ochish/sharhlash
2024-04-20 05:20:28 USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI KERAK?

Kanalimizga shu kabi savollar ko‘plab o‘qituvchilardan kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil  11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi.

7-bo‘lim, malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.


Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Hozirda ko‘p o‘qituvchilarning bizga yozishicha maktab rahbarlari turli xil hujjatlarni talab qilishayotganligi, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilib, fayllarni ishirishni so‘rayotganligini bildirishmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) MMTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
23.8K views02:20
Ochish/sharhlash
2024-04-18 13:33:52
Бир оиланинг 3 нафар аъзоси талабгор бўлган малака тоифага етарли бални қайд этди.

Қайнона: Ражабова Нозима Ибодовна - 74 балл
Келин: Муҳиддинова Дилшода Жўра қизи - 92 балл
ҚизЖўраева Назокат Фарходовна - 68 балл


Булар Бухоро туманидаги 34- ва 43-сонли мактабларнинг бошланғич синф ўқитувчилари

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.5K views10:33
Ochish/sharhlash
2024-04-18 04:57:20 TOIFA OLISH NIYATINGIZ BORMI?

Vaqtingizni behuda o‘tkazmang. Keling bilimingizni sinab ko‘ring.
“TOIFA TEST” botidagi testlarni ishlab ko'ring. Botda barcha fanlardan 2 ta variyantda testlar bor.

Test ishlashni yaqinlaringizga ham tavsiya qiling. Buning uchun ushbu xabarni guruhlarda ulashing.


Test ishlash

Botga kirish
21.1K views01:57
Ochish/sharhlash
2024-04-17 06:24:19 YAKUNIY IMTIHONLAR QUYIDAGI FANLARDAN OLINADI

9-sinf uchun

Ona tili va adabiyot,  yozma
Davlat tili, (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) yozma
Matematika, yozma
Oʻzbekiston tarixi, yozma/ogʻzaki
Jismoniy tarbiya, amaliy

11-sinf uchun

Ona tili va adabiyot, yozma (insho)
Matematika, yozma
Oʻzbek tili, (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) Taʼlim muassasasi tanlovi yozma va ogʻzaki
Chet tili, yozma/ogʻzaki
Oʻzbekiston tarixi, yozma/ogʻzaki

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:
Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya
Yozma

Asos: MMTV ning 2024-yil 20-martdagi 87-sonli buyrug‘i

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
36.7K views03:24
Ochish/sharhlash
2024-04-16 13:12:15 Diqqat tanlov!

Kanalimiz tomonidan respublikamizdagi barcha maktablar uchun tanlov e’lon qildik. Ushbu tanlov orqali maktab xodimlari, o‘quvchilar va ota-onalar o‘z maktablari uchun ovoz berishlari mumkin.

Tanlovda eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 ta maktab quyidagi usulda rag‘batlantiriladi. G‘olib deb topilgan maktablarning ichki hayoti haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz tomonidan keng yoritib boriladi. Misol uchun, maktabda o‘tkazilgan tadbirlar, o‘quv seminarlari, ijodiy uchrashuvlar, ochiq darslar, sport musobaqalari va boshqalar.

Tanlovda qatnashish uchun ushbu botga o‘ting va maktabingizni tanlab ovoz bering.

Botga o‘tish

Tanlov 25-mayga qadar davom etadi. G‘olib bo‘lgan maktablar 26-may kuni MAKTAB kanalida e’lon qilinadi.

Barchaga ulashing!

https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
26.1K views10:12
Ochish/sharhlash
2024-04-16 07:16:14 HURMATLI KANALIMIZ A’ZOLARI!

Mana o‘quv yilining so‘nggi choragi ham o'tib bormoqda. Bu chorak oxirida o‘qituvchilar faoliyati sarhisob qilinadi, ish hujjatlari tekshiriladi, ishlar ko‘payadi. Qolaversa, o‘qituvchilarning faoliyati o'rganilib ularga ustama tayinlanishi mumkin.

Ko‘p hollarda ustama tayinlashda pedagoglarning mehnatini hisobga olinadi, lekin ish hujjatlari yetarli bo‘lmaydi, yoki hujjatlarni to‘g‘ri tuzib faylga joylanmaydi. Natijada esa, vaqt o‘tib moliyaviy tekshiruv o‘tkazilganda ustama noto‘g‘ri tayinlangan bo‘lib chiqadi va uni qaytarishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘qituvchilarning cho‘ntagiga zarar keltiradi, albatta. Bularni barchasiga o‘zimiz moliyaviy tekshiruvlarda qatnashib guvohi bo‘lganmiz. Bunaqa xatoliklarga ko‘plab maktablarda yo‘l qo‘yiladi.

Edndilikda biz (tajribali va moliyaviy tekshiruvlarda qatnashgan zavuchlar va mutasaddi xodimlar) ushbu holatlarni oldini olish uchun kanalimiz orqali 823-sonli nizom asosida ustamaning har bir bandi bo‘yicha alohida post tayyorlab kanalimizda joylab boramiz. Biz bergan ma’lumotlar asosida hujjatlaringizni faylga jamlasangiz ishonamizki xatoliklar bo‘lmaydi.

Ustama hujjatlaridan na’munalarni esa, hamkorimiz bo‘lgan “O‘qituvchiga hujjat” telegram kanalida joylab boramiz. Bizni kuzatishda davom eting, asosiy maqsadimiz o‘qituvchiga yordam berish uning haq- huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Unutmang biz siz uchun ishlaymiz!

MAKTAB telegram kanali adminstratsiyasi!

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
14.7K views04:16
Ochish/sharhlash
2024-04-14 10:57:25 O‘QUVCHILARGA DARS MASHG‘ULOTLARI (SINF XONALARI)DA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI


dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;

qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;

mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;

boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;

telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.5K views07:57
Ochish/sharhlash
2024-04-13 11:44:52 IMTIHON O'TKAZISH UCHUN BARCHA HUJJATLAR JAMLANMASI

Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may kunlari yakuniy attestatsiya imtihoni o'tkaziladi. Imtihonlar boshlanishidan 1 oy oldin tanlov fanlari tanlanishi va tasdiqlanishi shart.


Hujjatlar namuna sifatida berilmoqda, maktabning imkoniyatidan kelib chiqib o'zgartirish va qo'shimcha qo'shish tavsiya etiladi.

Imtihon o‘tkazishning amaldagi nizomi
Vazirlikning imtihon o'tkazish bo'yicha 87-sonli buyrug'i
Buyruq ilovasi
Maktab buyrug'i
O'quvchi arizasi fan tanlashga
Sinf yig'ilish bayoni
Pedkengash bayoni
Dalolatnoma jismoniy tarbiya fanidan
Dalolatnoma
Baholar vedmosti

ESLATMA: kanalga kirganizdan so‘ng  kanalga ulanib oling, shunda fayllarni yuklab olishda adashib ketmaysiz.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
23.5K views08:44
Ochish/sharhlash
2024-04-13 05:38:36 MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
32.8K views02:38
Ochish/sharhlash