Get Mystery Box with random crypto!

O‘QUVCHIGA BAHO QO‘YISHDA QUYIDAGILARGA AMAL QILISH KERAK. O' | MAKTAB️

O‘QUVCHIGA BAHO QO‘YISHDA QUYIDAGILARGA AMAL QILISH KERAK.

O'quvchining o'zlashtirish darajasi faqatgina siz mavzuni qanchalik tushuntira olishingizga bog'liq emas.  Baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali siz o'quvchilar aynan nimani yaxshi o'zlashtirayotganini, kimda qanday kuchli va zaif tomonlar borligini aniqlaysiz. Kelgusi faoliyatingizni shunga qarab tashkillashtirasiz. O'quvchining o'zi ham siz bergan topshiriqdan keyin nimaga ahamiyat qaratishi kerakligini anglab yetadi. Mana shu jarayonni unumli tashkillashtirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim.

Vaqt:
- topshiriq uchun ajratilgan vaqt
- belgilangan vaqt: boshlanish va tugash vaqti

Kutilgan natija:
- masalan, natija toʼliqligi yoki biror yechim namunasini qay darajada ko'rsata olganligi

Baholash mezonlari:
- Koʼp balli sistema boʼyicha
- Ogʼzaki savol-javob orqali
- Savolga berilgan javoblardan tashqari, oʼquvchi oʼzini qanday tutishi, reaksiyasi va muloqot qobiliyatlarini aniqlash

Muammo: yozma imtihonga nisbatan ogʼzaki imtihon oʼquvchi uchun psixologik jihatdan qiyinroq boʼladi.

Oʼquvchining natijasi oʼqituvchining savol berish tarziga bevosita bogʼliq:
- tushunarlilik
- bir maʼnolilik
- suhbatning ogʼir-bosiq, ishonch bildiruvchi ohangda olib borilishi
- oʼquvchi savollarga javob berishda qiynala boshlasa, osonroq savollar berilishi

Agar og'zaki imtihon olmoqchi bo'lsangiz:
Imtihon oluvchining subyektiv yondashuvini ( kayfiyati, yoqtirish yoki yoqtirmasligi ...) oldini olish uchun
- Аsosiy savollar va mazmun elementlari yozma ravishda rejalashtirilishi kerak
- Javoblar oldindan asosiy soʼzlar yordamida belgilangan boʼlishi kerak

Quyidagi baholash mezonlaridan iborat baholash formulalari ishlatilishi kerak:
- Toʼgʼri
- Qisman toʼgʼri
- Yordam berilgandan keyin toʼgʼri
- Xato
- Javob yoʼq

Diqqat! Baholashda yo'l qo'yiladigan xatolar:
- Xayrixohlik xatosi
- Kontrast xatosi (Kontrast – ikki narsa orasidagi keskin farq. Masalan, bolalar oʼzlashtirishidagi mayda farqlarni sezmaslik, ularga bir xil 4 qoʼyib ketaverish.  Lekin, bola uyga vazifani oʼtgan safargidan yaxshi bajargan boʼlishi mumkin. Bu mayda muvaffaqiyat boʼlsa, oʼqituvchi sezmay oʼtishi mumkin.)
- Oʼrtacha baho berish xatosi
- Oʼz fikrini oʼzgartirmaslik xatosi
- Yoqtirmaslik xatosi
- Bir marta qolgan taassurot xatosi
- Kayfiyat xatosi

5-9-sinf o‘quvchilarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom bu yerda.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e