Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-04-30 16:42:14
“Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari tasdiqlandi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
26.8K views13:42
Ochish/sharhlash
2024-04-29 19:16:16 TARIXIY G’ALABA!!!

O’zbekiston terma jamoasi o’z tarixida ilk marta Olimpiada o’yinlarida ishtirok etadi!

Bu yigitlar tarix yaratishdi! Barchangizga barakalla! Ota-onangiz va ustozlaringizga katta rahmat!

Parij, bizni kutib ol!

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu tarixiy g’alaba bilan tabriklayman!

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
26.4K viewsedited  16:16
Ochish/sharhlash
2024-04-29 17:38:29 USTAMA BO‘YICHA:
1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

O‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘quvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Ushbu bo‘lim quyidagicha hisoblanadi:

Pedagog dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan bilim sifati foizi hisoblab chiqiladi. Buning uchun Kundalik.comdan “Hisobotlar” bo‘limiga kiriladi va “Fan bo‘yicha o‘qituvchiga” bo‘limiga kiriladi. Fanni, o‘qituvchini tanlab hisoboti olinadi va bilim sifati foizining umumiy foizi hisoblab chiqiladi.

Agar sifat foizi 56-70% ni tashkil qilsa, ushbu bo‘lim uchun 3 ball beriladi. Agar murakkab fanlar bo‘lsa, (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) sifat foizi 56-65% bo‘lsa ham 3 ball beriladi.

56-70% (murakkab fanlar uchun 56-65%) - 3 ball

71-85% (murakkab fanlar uchun 66-80%) - 4 ball

86% va undan yuqori (murakkab fanlar uchun 81% va undan yuqori) - 5 ball

Ushbu bo‘lim uchun o‘qituvchilardan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ishchi guruh sinf jurnalidan hisoblab olaveradi. Kundalik.comdagi tegishli bo‘limdan nusxa olinib fayilga qo‘yishni tavsiya etamiz.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
28.0K views14:38
Ochish/sharhlash
2024-04-29 17:30:41 31 kun ichida BEGINNER darajasini “beton” qilib tugatishni xohlaysizmi? Unda quyidagi kurs siz uchun, yahshilab o’qing

BEGINNER PRO 1.0 (Morning)

1 oylik JONLI darslar soat tonggi 06:00 dan 07:30 gacha (yozilgan video tashlab qo’yib qolgani o’zingizga demayman)

Kurs o’z ichiga “Beginner” darajasi uchun kerakli barcha mavzularni o’z ichiga oladi va ular kamina TEACHER_BOBUR tomonidan tashkil qilinadi:

Present continuous
Present simple
Present perfect
Present perfect continuous
past simple
past continuous
past perfect
past perfect continuous
future simple
future continuous
future perfect
future perfect continuous

olmoshlarning barcha turlari
Joy va vaqt predloglari
artikllar
modal fe’llar

vocabulary + reading + listening

Shu jami 16 ta gigant mavzularni kaminayu kamtarin TEACHER_BOBUR 1 oy davomida inshaAllah miyyangizga mixlab qo’yadi.


Har bir darsimizdan keyin ertasi kuni quizlar ishlab o’rganganlaringizni mustahkamlab borasiz, berilgan uy ishilarni bajarasiz va ularni tekshirib sizga xatolaringizni aytaman

Barcha darslar sifatiga javob beraman va shahsan o’zim nazorat qilaman. (Agar 3 marta sababsiz uy ishi bajarmasangiz siz ham darslardan chetlatilasiz va pulingiz qaytarilmaydi !!!)

Kurs 1- maydan 1-iyungacha davom etadi

Narxi 350
.000, chegirmada 300.000 (agar darslarni hammasi jonli va 1 oy ekanligini hisobga olsak adolatli narx deb o’ylayman)

+BONUS sifatida 250.000 mingdan sotilgan General English Pro 1.0 kursimni tekinga beraman va bu bonus Beginner darajasini tugatganingizdan keyin katta yordam beradi inshaAllah)

Joylar atiga 50 ta talabgorlar esa 150 tadan oshiqroq

Nega qarab turibsiz? Kech bo’lmasidan adminga yozib joyingizni tezroq band qiling,
kim birinchi yozsa o’sha kishi joy band qiladi, omad


@Lazizbrother
16.3K views14:30
Ochish/sharhlash
2024-04-29 10:51:22
Samarasiz, bir-birini takrorlovchi shtatlar qisqartirilishi mumkin

Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorovga uch kun muddatda joriy yilning II choragida tushumlarni kamida 10 foizga oshirish hamda II yarim yillikda byudjet barqarorligini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish topshirilgan.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
27.5K views07:51
Ochish/sharhlash
2024-04-27 13:28:36 MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
16.2K views10:28
Ochish/sharhlash
2024-04-27 05:34:15 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.4K views02:34
Ochish/sharhlash
2024-04-26 19:03:33 TOIFA OLISH NIYATINGIZ BORMI?

Vaqtingizni behuda o‘tkazmang. Keling bilimingizni sinab ko‘ring.
“TOIFA TEST” botidagi testlarni ishlab ko'ring. Botda barcha fanlardan 2 ta variyantda testlar bor.

Test ishlashni yaqinlaringizga ham tavsiya qiling. Buning uchun ushbu xabarni guruhlarda ulashing.


Test ishlash

Botga kirish
15.9K views16:03
Ochish/sharhlash
2024-04-25 18:32:29 USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak.

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Baholash mezonlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
28.5K views15:32
Ochish/sharhlash
2024-04-25 08:09:18 YAKUNIY IMTIHONLAR BO'YICHA MUHIM MA'LUMOTLAR

Imtihon jadval imtihon boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi. O‘quv fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon oralig‘i ikki kundan kam bo‘lmasligi kerak

Yozma imtihon vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o‘tqaziladi.

Imtihon ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.

Bitiruvchilarga ona tilidan bayon yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.

Bitiruvchilarga og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari bo‘yicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.

Og‘zaki imtihondan o‘tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, imtihon ikki guruhda ketma-ket bir kunda o‘tkazilishi mumkin.

Imtihon o‘tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.

Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolariga topshirib ketadi. Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo‘lganligi belgilab qo‘yiladi.

Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan bayonlari, insholari va matematika bo‘yicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan taqriz yoziladi.

Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qo‘yiladi: birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun; ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qo‘yiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos bo‘ladi.

Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.

Imtihonda olgan bahosidan e’tirozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) MMTB qoshida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.

Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi imtihondan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta imtihondan o‘tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrug‘i (Hozir amalda)

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
30.3K views05:09
Ochish/sharhlash