Get Mystery Box with random crypto!

OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI Asosiy fan olimpia | MAKTAB️

OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’ni 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan: 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e