Get Mystery Box with random crypto!

AMALDAGI NIZOMGA KOʻRA MMIB DIREKTOR OʻRINBOSARLARINING HUJJAT | MAKTAB️

AMALDAGI NIZOMGA KOʻRA MMIB DIREKTOR OʻRINBOSARLARINING HUJJATLARI ANIQ BELGILAB BERILGAN.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrugʻiga asosan MMIBDO‘ tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

- yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlar rejasi, 5 ta muhim tashabbuslar va taʼlim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

- voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar toʻplami (Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlarning profilaktik hisobida turuvchi oʻquvchilar yigʻma jildlari, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi yoʻnalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

- “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar bilan ishlash boshlangʻich tashkiloti/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar);

- oʻquvchilar davomati va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga doir hujjatlar toʻplami (direktor o‘rinbosari tomonidan umumlashtirilgan va Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etilgan davomat boʻyicha maʼlumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruchi oʻquvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan hamda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, toʻgaraklar faoliyati va taʼtil kunlariga doir hujjatlar).

Direktor oʻrinbosari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda taʼlim muassasasi direktoriga topshiradi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e