Get Mystery Box with random crypto!

CHET TILINI O'QITISH YUZASIDAN MMTV ning 2024-yil 26-martdagi | MAKTAB️

CHET TILINI O'QITISH YUZASIDAN

MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich chet tili fani 5-9-sinflarda intensivlikni oshirish orqali oʻquvchilarda bazaviy bilim va nutqiy koʻnikmalar shakllantirish hamda 10-11-sinflarda akademik yozuv va soʻzlashish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitishda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari, shuningdek, taʼlim muassasasida ushbu fan boʻyicha malakali fan oʻqituvchisi mavjudligi inobatga olinishi lozim.

Bunda, umumiy oʻrta taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi 1-sinflarda ota-onalarning talabi va oʻquvchilarning xohish-istaklari asosida ular tomonidan tanlangan chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida oʻqitish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga murojaat qiladi. Ushbu murojaat taʼlim muassasasining Pedagogik kengashida muhokama qilinadi va kengashning ushbu fanni chet tili sifatida oʻqitilishi yoki asosli sabablari koʻrsatilgan holda oʻqitish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Mazkur qaror asosida chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan biri umumtaʼlim maktabida yoki maʼlum bir sinfida chet tili fani sifatida oʻqitiladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e