Get Mystery Box with random crypto!

9-SINFLARGA QIZIL SHAHODATNOMA VA 11-SINFLARGA OLTIN, KUMUSH M | MAKTAB️

9-SINFLARGA QIZIL SHAHODATNOMA VA 11-SINFLARGA OLTIN, KUMUSH MEDALLARINI BERISH TARTIBI QUYIDAGICHA.

9-sinflarga qizil shahodatnoma berish:

Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 9-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan.)

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori.

11-sinflarga oltin, kumush medallarini berish:

Oltin
medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yillik baholari a’lo bo‘lgan)

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e