Get Mystery Box with random crypto!

YAKUNIY IMTIHONLAR BO'YICHA MUHIM MA'LUMOTLAR Imtihon jadval | MAKTAB️

YAKUNIY IMTIHONLAR BO'YICHA MUHIM MA'LUMOTLAR

Imtihon jadval imtihon boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi. O‘quv fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon oralig‘i ikki kundan kam bo‘lmasligi kerak

Yozma imtihon vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o‘tqaziladi.

Imtihon ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.

Bitiruvchilarga ona tilidan bayon yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.

Bitiruvchilarga og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari bo‘yicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.

Og‘zaki imtihondan o‘tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, imtihon ikki guruhda ketma-ket bir kunda o‘tkazilishi mumkin.

Imtihon o‘tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.

Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolariga topshirib ketadi. Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo‘lganligi belgilab qo‘yiladi.

Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan bayonlari, insholari va matematika bo‘yicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan taqriz yoziladi.

Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qo‘yiladi: birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun; ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qo‘yiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos bo‘ladi.

Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.

Imtihonda olgan bahosidan e’tirozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) MMTB qoshida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.

Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi imtihondan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta imtihondan o‘tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrug‘i (Hozir amalda)

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e