Get Mystery Box with random crypto!

USTAMA BO‘YICHA: 1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIY | MAKTAB️

USTAMA BO‘YICHA:
1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

O‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘quvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Ushbu bo‘lim quyidagicha hisoblanadi:

Pedagog dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan bilim sifati foizi hisoblab chiqiladi. Buning uchun Kundalik.comdan “Hisobotlar” bo‘limiga kiriladi va “Fan bo‘yicha o‘qituvchiga” bo‘limiga kiriladi. Fanni, o‘qituvchini tanlab hisoboti olinadi va bilim sifati foizining umumiy foizi hisoblab chiqiladi.

Agar sifat foizi 56-70% ni tashkil qilsa, ushbu bo‘lim uchun 3 ball beriladi. Agar murakkab fanlar bo‘lsa, (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) sifat foizi 56-65% bo‘lsa ham 3 ball beriladi.

56-70% (murakkab fanlar uchun 56-65%) - 3 ball

71-85% (murakkab fanlar uchun 66-80%) - 4 ball

86% va undan yuqori (murakkab fanlar uchun 81% va undan yuqori) - 5 ball

Ushbu bo‘lim uchun o‘qituvchilardan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ishchi guruh sinf jurnalidan hisoblab olaveradi. Kundalik.comdagi tegishli bo‘limdan nusxa olinib fayilga qo‘yishni tavsiya etamiz.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e