Get Mystery Box with random crypto!

YANGI NIZOMGA KO'RA O'QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYI | MAKTAB️

YANGI NIZOMGA KO'RA O'QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv- tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;

dars mashgʻulotlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;

taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish;

oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida
oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;

umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;

oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;

pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;

oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);

oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;

oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;

oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;

oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;

taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;

oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Asos: MMTV ning 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e