Get Mystery Box with random crypto!

YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALARNING HUJJATLARI ANIQ BEL | Maktab | Rasmiy kanal

YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALARNING HUJJATLARI ANIQ BELGILAB BERILDI.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra:


Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.


Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning hujjatlari 3 yil mobaynida maktabda saqlanadi va tegishli tartibda Xalq ta’limi bo‘limining idoraviy arxiviga topshiriladi.

Metodbirlashma rahbarining vazifalari, metodbirlashmalarning faoliyati bo‘yicha avvaligi postlarimizda ma’lumot bergan edik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa