Get Mystery Box with random crypto!

ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH ENDI QUYIDAGICHA BO’LADI www. | Maktab | Rasmiy kanal

ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH ENDI QUYIDAGICHA BO’LADI

www.ommalashtirish.uz platformasi orqali

O’qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali quyidagicha amalga oshiriladi.

Bunda, talabgor maxsus platformada oʻziga shaxsiy kabinetini yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida toʻgʻridan- to'g'ri elektron shaklda joylashtiradi.

Tayyorlagan metodik ishini maktabda ommalashtirish uchun Metod birlashmaga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi

Metod birlashma talabgorning murojaatiga muvofiq, metodik ishini birlashmaga a'zo o'qituvchilar bilan birga ko'rib chiqadi hamda zarur holda dars jarayonida sinovdan o'tkazadi.

Ushbu metodik ishga metod birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashga tavsiya etiladi. (talabgorning metodik ishi qo'yilgan talabga javob bermasa yoki innovatsion yangiliklar joriyqilinmagan bo'lib salbiy xulosa berilsa, ushbu metodik ish asoslantirilib talabgorga qaytariladi).

Metod birlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengash talabgorning ijobiy xulosa olgan metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirishni rad etish bo'yicha qaror qabul qiladi o'qituvchilarning maxsus platformasiga joylashtiriladigan ilg'or metodik ishi ta'lim muassasasi metod birlashma tavsiyasi asosida pedagogika kengashida koʻrib chiqilib, ommalashtirishga tavsiya etilgan bo'lishi lozim

Talabgor ilg'or ish tajribasini tuman (shahar), hudud (viloyat), respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shaxsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni joylashtirishi lozim:

talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta'lim muassasasi miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi to'g'risida pedagogika kengashi qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan ish uslubi aks etgan metodik materialning tegishliligicha elektron (pdf) nusxasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi.

Yuboriladigan materiallar uch xil yo'nalishda bo'lishi mumkin:

birinchi yoʻnalish: O'quv metodik qo'llanmalar (o'quv metodik qo'llanmalar, tavsiyanoma pdf formatda yuboriladi);

ikkinchi yoʻnalish: Dars ishlanmalar (xalqaro tajribalarga asoslangan, ilg'or interfaol metodlar bilan o'tilgan yuqori saviyadagi bir soatlik namunali dars yoki to'garak mashg'uloti ishlanmasi);

uchinchi yoʻnalish: Video mahsulotlar (darsdagi yoki darsdan tashqari mashg'ulotlardagi interfaol metodlarni yoritib bergan jarayonlar yoki shaxsiy innovatsion metodik tajribani tushuntirib beruvchi, davomiyligi 7 minutgacha bo'lgan, hajmi 300 mb dan oshmagan videorolik).

Boshqa turli ishlar va talab darajasida bo'lmagan ishlar qabul qilinmaydi va ko'rilmasdan qoldiriladi.

ilg'or metodik ishlarni yuborish muddatlari:

birinchi muddat 1-sentabrdan 1-oktabrgacha;

ikkinchi muddat 1-noyabrdan 1-dekabrgacha;

uchinchi muddat 1-yanvardan 1-fevralgacha;

to'rtinchi muddat 1-martdan 1-aprelgacha. talabgor ilg'or metodik ishlarini har bir muddatda faqat bir marta yuborishi mumkin.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I. Buyruqning to'liq matni.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa