Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2024-04-05 09:42:04 #Муносабат

Магистратурадан чет тили сертификати талаби енгиллаштирилиши керак. 2 йил мобайнида сертификат олиш талаби билан ўқишга қабул қилинсин яъни сертификат олади ва илмий иш ҳимоясига чиқарилади. Докторантурада эса учун чет тили сертификати талаби олиб ташланмаслиги керак

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.6K viewsedited  06:42
Ochish/sharhlash
2024-04-04 14:55:06 Til sertifikati talabi natijasida magistratura bosqichida 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga…
15.4K views11:55
Ochish/sharhlash
2024-04-04 14:45:50 Til sertifikati talabi natijasida magistratura bosqichida 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) dan o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3-yilda 12,5 baravarga kamaygan.

Kutamiz endi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
25.0K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2024-03-06 17:37:27 Maqola anatomiyasi: sarlavha, annotatsiya va kirish

P.s: Talabalar, magistrantlar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim tavsiyalar.

Ilmiy brendingiz uchun plankalarni o‘zingiz qo‘ying!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.7K viewsedited  14:37
Ochish/sharhlash
2024-03-05 06:53:01
Ramazon oyining birinchi kuni 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi

O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi.

Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445-yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.

@magistrlarofficial
14.3K views03:53
Ochish/sharhlash
2024-02-28 13:24:50 Ish bilan bo'lib bugun kanal adminlaridan biri @Sherali_Toshniyozov ummat bo'lgan kunikan fursatdan foydalanib Sheralini umri uzoq bo'lishini hamda ishlarini rivojini martabalarini bundanda yuqori bo'lishini tilab qolamiz.

Tabriklamoqchi bo'lganlar bemalol tabrillashlari mumkin hurmat bilan @magistrlarofficial jamoasi.
14.6K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2024-02-26 10:02:08 Navro'zda talabalar 4 kun dam oladi.

21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kuni, 22-23-mart kunlari Prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. 24-mart yakshanba odatdagidek dam olish kuni.

Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonliklar 21-22-23-24-mart kunlari dam oladi, o'z-o'zidan talabalar ham)

P/S: Biletlarni hozirdan olib qo'ysangiz bo'ladi. Chegirma bo'lishini kutib biletsiz qolib ketmanglar, bayram arafasi chegirma bo'lishi aniq lekin bilet bo'lishi aniq emas)

@magistrlarofficial
15.6K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-02-23 21:22:15
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash” yilida yoshlar bandligini ta’minlash hamda chet tillarini o’qitish bo‘yicha bir qancha tashabbuslarni ilgari surdilar.

Xususan, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” va “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari hamda olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.

“Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi. “Har bir mahalladan 2 nafar dasturchi” loyihasi belgilandi.

Bu yil yoshlarga 60 ming 500 gektar yer ajratilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

@magistrlarofficial
21.1K views18:22
Ochish/sharhlash
2024-02-19 20:38:47 O‘zbekistonda mavjud 21 ta vazirlikdan 19 tasi rasmiy telegram kanalini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritmoqda. Ushbu vazirliklarga rahmat.

Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek Sog‘liqni saqlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi sahifalarini hali hamon krill yozuvida yuritmoqda.

Lotinga o‘tganimizga 30 yil bo‘ldi. Bu ikki vazirlik rasmiy sahifalarini yuritishda kirilldan voz kechishiga yana nechi yil kerak ekan? Bu faqat vazirliklar misolida, qo‘mita, agentlik, inspeksiya va boshqa tashkilotlardan lotinga o‘tmaganlarining ham nomini e’lon qilamiz.

@magistrlarofficial
22.5K views17:38
Ochish/sharhlash
2024-02-09 22:57:06
Telekanallar uchga boʻlinadi: rahbarlar koʻradigan, kam sonli odamlar koʻradigan va hech kim koʻrmaydigan.

Birinchi turga mansub yagona kanal bor — Oʻzbekiston-24. Shu kanal Alisher Navoiy tavalludining 538 yilligi haqida yozmoqda. Biz gʻariblar 583 yilligi deb yuribmiz.

Matematikaga ham toʻgʻri kelmayapti-ku, dermidi :)

@magistrlarofficial
15.6K views19:57
Ochish/sharhlash