Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2024-04-18 16:14:37
#infografika #mart #faoliyat

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil mart oyidagi faoliyati raqamlarda


Batafsil o‘qish
___

Деятельность Министерства высшего образования, науки и инноваций в марте 2024 года, в цифрах

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.3K views13:14
Ochish/sharhlash
2024-04-17 19:12:48 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-04-17

@magistrlarofficial
16.0K views16:12
Ochish/sharhlash
2024-04-16 20:05:18
Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi

Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi.

Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin.

Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud.

Bot manzili: @mock_milliy_test_bot

@magistrlarofficial
19.3K viewsedited  17:05
Ochish/sharhlash
2024-04-16 13:56:06 Инглиз тили ўқитувчиларига 50 фоиз устама берадиган сертификатлар РЎЙХАТИ (2024)

Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 2023 йил “28”-июлдаги 25 қ/қ- ва 4 х/х-сон қарорларига мувофиқ, қуйидаги сертификатларнинг тегишли даражалари учун ИНГЛИЗ ТИЛИ ЎҚИТУВЧИЛАРИнинг базавий тариф ставкаларига нисбатан 50 фоизлик устамалар тўлаш белгиланган. Улар:

1. Миллий сертификат (CEFR, Multi level) - С1;
2. IELTS - 7.0;
3. TOEFL iBT - 95;
4. TOEFL ITP - 627 (Speaking - 64);
5. Cambridge Assessment English (CAE) - 180;
6. TESOL, TESL, TEFL(*вазирлик талаби);
7. CELTA
(**вазирлик талаби);
8. DELTA
(**вазирлик талаби) Module Pass, Pass A, Pass B;
9. TKT Module 1-2-3 - Band 3-4;
10. Linguaskill (01.08.2023 га қадар олинган) - C1;
11. Aptis (01.08.2023 га қадар олинган) - C;
12. iTEP (01.08.2023 га қадар олинган) - C1;
13. TOEIC (01.08.2023 га қадар олинган) - 1305;

* - Вазирлик томондан қарор 5-банди а ёки б талабларини бажарганда
** - Вазирлик томондан қарор 6-банди а ёки б талабларини бажарганда

Таълим соҳасида хизмат кўрсатувчи ваколатли халқаро ташкилотларнинг расмий рўйхатидан ўтган тест марказларига (authorized test centers) ташриф буюрмасдан, ташкилот вакилларининг бевосита назорати остида топширмасдан, масофадан (Home Edition, Remote testing ва бошқа) онлайн олинган сертификатлар учун УСТАМА ТЎЛАНМАЙДИ!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
21.4K views10:56
Ochish/sharhlash
2024-04-16 11:20:30 #e’lon

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tishlari my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali 10-may soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihon 11-may kuni Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy, Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi).

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
17.0K viewsedited  08:20
Ochish/sharhlash
2024-04-16 09:06:32 #savollarga_javoblar

SAVOL: Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali chet tillarini bilish darajasini baholovchi ro'yhatdan TOEFL iBT turini chiqib ketishi haqida xabarlar tarqaldi. Shunda aynan hozirgi sanalar bilan olingan TOEFL iBT sertifikati tan olinadimi yoki yo'qmi? Bu yilgi qabul jarayonlarida aynan qaysi ro'yxat bo'yicha qabul amalga oshiriladi?

JAVOB: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar roʻyxati zaruratga qarab takomillashtirilib boriladi. Bunda, amaldagi roʻyxat bekor qilinmasdan, balki roʻyxatga yangi sertifikat turlari kiritilishi yoki ayrim sertifikatlar roʻyxatdan chiqarilishi mumkin.

TOEFL iBT sertifikati roʻyxatdan chiqarilgan taqdirda, ushbu sanaga qadar olingan sertifikatlar tan olinadi.

Manba: ilmiy_darajali_kadrlar

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.4K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2024-04-15 11:22:43
Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.2K viewsedited  08:22
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:19:30 Ayni damda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
Oʻzbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi boshlanish arafasida.


Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi anjumani o‘z ishini boshlash arafasida.

#xalqaro_forum

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.3K views04:19
Ochish/sharhlash
2024-04-14 19:00:43
TURK TILINI 3 OYDA  ONLINE  oʻrganib B2 va C1 darajani olishni maqsad qilganlar uchun katta yangilik !!!
Endi siz turk tilidan juda tez va oson ilm olishingiz mumkin

Endi boshlagan oʻquvchilarga 3 oyda B2 darajadagi ilm berish kafolatlanadi.

Shoshiling oʻquvchilar soni cheklangan.
YANA BIR XUSH XABAR: May oyida imtihonga kiradiganlar va oʻz ilmini yanada oshirishni maqsad qilganlar uchun 25-apreldan bir hafta davomida yozma boʻlimi boʻyicha imtihon oʻtkazishni maqsad qildik. Imtihon mutlaqo tekin va hatto siz ham shu imtihonda qatnashishingiz mumkin. Imtihonga qatnashishni istaganlari ushbu kanal va guruhlarga aʼzo boʻlib imtihon haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻlishlari mumkin:

https://t.me/turkHP
https://t.me/turkchabilim

Kursimizning katta imkoniyatlari va hatta chegirmali toʻlovlar asosidagi darslarimiz haqida maʼlumot olishni istaganlar hech ikkilanmasdan @xolmurodov74 ga murojaat qilishlari mumkin.
17.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-04-14 18:51:28
#Savollarga_javoblar

SAVOL: Norasmiy xabarlardan eshitgandim, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun til sertifikatlari bekor qilinishi yoki B1 darajaga tushurilishi mumkin deb, bu qanchalik rost?

JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroridagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi talablari hali o’z kuchida.



Manba: ilmiy_darajali_kadrlar

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.0K viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash