Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2024-05-09 07:08:10
Talabalarga stipendiya to‘lash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Grantda o‘qish tartibi o‘zgaryapti. Talabalarning grant-kontraktda o‘qishiga qarab qay tarzda va qancha stipendiya olishi hozircha aniq emas.

Stipendiyaga oid tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi.

@magistrlarofficial
14.5K viewsedited  04:08
Ochish/sharhlash
2024-05-08 21:15:45 #Вазирлик_жавоби

Ҳали шошмай туришса қайси йўналишга бекор қилиниши-ю, қайсиларига Б1 ва С1 бўлиши рўйхатлари ҳам берилади

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
23.0K views18:15
Ochish/sharhlash
2024-05-08 21:08:49 #ДИҚҚАТ

Маданият, саньат ва жисмоний маданиятдан сертификат бекор қилинмаган. Вазир адашиб кетган уларга ҳам - Б1 сертификати сўралади

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
23.0K viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2024-05-08 18:00:06 ​​#Diqqat

SIZLAR UCHUN QAYYNOQ YANGILIGIMIZ BOR
"Puf-puf"lab o'qing, tag'in tilingiz kuyib qolmasin


Xullas, blogerlarga telefon va megabayt, tikuvchilarga igna-ip, musavvirlarga qalam-bo'yoq, kulolsozlarga tuproq qanday zarur bo'lsa, ayni davrda ilm sohasidagilarga chet tilidan sertifikat suv va havodek zarur. Xoh magistr va doktoranturada o'qish uchun, xoh kasbiy yuksalish, xoh tarjimonlik, xoh oila boqish uchun bo'lsin, nima maqsadda bo'lsa-da baribir zarur. Buni aql egalari allaqachon tushunishga ulgurishgan va harakatni boshlashgan.
Hayronman, siz nega hali ham bir qarorga kelmay, bosh qashib o'tiribsiz ekan a? Yozgi tatilga ham yaqin qoldi. Keling siz bilan bir dunyoni kashf qilamiz, yangi olam yangi madaniyat oʻrganamiz. Til oʻrganamiz!

Demak, May oyida boshlanadigan turk tili darslarimizga start berdik.

DARSLAR KIM TOMONIDAN O'TILADI?
Uzoq yillardan buyon Turkiyada aynan xalqaro ta'lim yo'nalishida ta'lim olib, Turkiya muhitida yashab kelayotgan, 450 dan ortiq shogirdlarni tayyorlagan, xalqaro o'qituvchi Nu'mon Nasrullayev tomonidan o'tiladi.

DARSLAR HAFTANING QAYSI KUNLARI BO'LADI?
A1 daraja darslari haftaning juft  kunlari (Seshanba, Payshanba, Shanba) 22:00-23:59'da bo'lib o'tadi.

Sizda birinchi (probniy) darsda ishtirok etish va yoqsagina davom etish istagi bor. Birinchi darsimiz mutlaqo tekin

BİRİNCHİ DARS QACHON BO'LADI?
A1 daraja darslaridan birinchi (probniy) dars 12.05.2024 (Yakshanba) soat 20:30'da boshlanadi.

Bular hali hammasi emas, sizda A2, B1 va B2 darajadan davom ettirish imkoniyati mavjud. Qanday qilib deysizmi? Tegishli ichki imtihonlarimizdan o'tsangiz boʻlgani!

To'liq maʼlumotlarni @NUMONNASR manzilidan olishingiz mumkin.
Vaqtni qo'ldan boy bermang, fursatni qochirmang!
O'zingizga bo'lgan ishonchni biz bilan birga oqlang!


@NumonNasrullayev
21.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-05-08 16:37:12 #Qiziq

Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalida davolanayotgan Muhiddin bobo Doʻsanboyevning Imona ismli nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga imtihonsiz, davlat granti asosida, hali qabul boshlanmay turib qabul qilinibdi. Buni Muhiddin boboning oldiga shaxsan vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov borib ma’lum qilibdi.

Manba: masofatalim

@magistrlarofficial
15.1K viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2024-05-08 16:36:54
#live #matbuot_anjumani

Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi

Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.1K viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:35:15
#Jonli_efir

Telegramda shaxsiy sahifamizda savollar ko'payib ketganligi sababli, Magistrlar Official kanalimizda bugun soat 22:00 da jonli efirda savollarga javob bermoqchimiz!

Agar a’zo bo’lmagan bo’lsangiz marhamat

Jonli efirga ishtirok etish uchun: https://t.me/magistrlarofficial?livestream=14ba44287bf000f04c
16.0K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:25:01
Sertifkat bo'yicha ma'lumot!

@magistrlarofficial
16.2K viewsedited  10:25
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:50:02 Til sertifikati bo'yicha qandaydir yangilik bormi? Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri javob berdi: Til sertifikati bo'yicha ko'p magistratura va doktorantura joylari bo'sh qoldi, filologik yo'nalishlariga C1 sertifikati talabi qoldirildi.…
36.2K viewsedited  09:50
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:45:15
#live #matbuot_anjumani

Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
19.4K viewsedited  09:45
Ochish/sharhlash