Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2024-01-07 16:00:07 Assalomu alaykum!

​​MESSI bilan Nu’mon Nasrullayev turk tili kursining qanday o‘xshashligi bor?

Futbol yulduzi ilk bor “Barcelona”ga kelganida, uni o‘sish gormonlari bilan davolashadi. Agar muolaja qilinmasa, Lionelning bo‘yi 140 sm. dan oshmay qolardi...

Onlayn turk tili kursimiz sizga uydan chiqmasdan darslarga qatnashib, yuqori natijalarga erishish, ustozning “o‘sish garmonlari”ga teng ko‘rsatmalari bilan “emlanish” imkonini beradi. Biz bilan “o‘sishingizga” ishonsangiz bo‘lgani!

Messining chap kuragiga buvisining surati aks etgan tatuirovka tushirilgan...

Biz sizga tayyor ma’lumotlarni yodlatmaymiz, vaqt o‘tkazish uchun kino/serial tomosha qildirmaymiz. Noan’anaviy hamda vaqt sinovidan o‘tgan metodimiz bilan turk tilini miyangizga tatuirovkaday muhrlaymiz. Eng muhimi, to‘g‘ri shaklda!

Messi yana ko‘p rekordlar o‘rnatishi mumkin. Agar unga Krishtianu Ronaldu halal bermasa...

Nu’mon Nasrullayev turk tili kursi orqali istalgan turk tili sertifikatiga ega bo‘lishingiz, xohlagan marralaringizni, bemalol zabt etishingiz mumkin. Agar tanlovda adashmasangiz!

Yanvar oyi A1 daraja guruhlarimizga qabullarni e'lon qilamiz:

-Darslar haftaning toq (Dushanba, Chorshanba, Juma) kunlari 20:00-22:00'da boʻlib oʻtadi;

-Birinchi "probniy" darsimiz 13.01.2024 (Shanba) kuni soat 20:00'da boʻlib oʻtadi;

-Birinchi sinov darsimizga kirib koʻrish mutlaqo tekin.



Bular hali hammasi emas, sizda A2, B1 va B2 darajadan davom ettirish imkoniyati mavjud. Qanday qilib deysizmi? Tegishli ichki imtihonlarimizdan oʻtsangiz boʻlgani!

P.s. Hammasi harakatingiz va qabul qiladigan qaroringizga bog‘liq. Dushanbani kutmang, kelasi yangi yil ham hali-beri kelmaydi, turk tilini hozir boshlang!

Toʻliq maʼlumotlarni @NUMONNASR manzilidan olishingiz mumkin. Vaqt bu damdir, o‘zga damni dam demang!

@NumonNasrullayev
14.1K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:04:02 Bojxonachilarimiz 2023-yil davomida qanday ishlaganiga baho berishni istasangiz, oynadan tashqariga qarash kifoya. Yo‘q, bu ham shartmas, gumbur-gumbur bo‘lib eshitilyapti o‘zi

@magistrlarofficial
17.7K views19:04
Ochish/sharhlash
2023-12-31 21:54:08 2024-yil - Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili deb e'lon qilindi!

@magistrlarofficial
22.4K views18:54
Ochish/sharhlash
2023-12-28 15:15:31 Янги йилдан ҳаётимизда қандай ўзгаришлар бўлади?

Тиббий суғуртани босқичма-босқич жорий этиш бошланади;

Болалар боғчаларида сут бепул берилади;

Мактаб ўқувчиларига ўқув планшетлари тарқатилади;

Эски ҳайдовчилик гувоҳномалари бутунлай бекор қилинади;

Ер остидан олинаётган сувга ҳисоблагич ўрнатиш мажбурий бўлади;

Тўланмаган пенсияларни тўлаш муддати 12 ойдан 24 ойгача узайтирилади;

Маъмурий судларга даъво аризалари учун давлат божи ундириш тўхтатилади;

Самарқанд ва Хоразмда трамвай ва троллейбусларда автоматлаштирилган тўлов тизими жорий этилади;

Ўқитувчиларга малака тоифаларини бериш тартиби ўзгаради.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.3K views12:15
Ochish/sharhlash
2023-12-22 17:34:34 Talabalar diqqatiga! Ertadan boshlab voha viloyatlariga avtobus qo’yiladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ertadan, 23-dekabr - shanba kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli (50% chegirma) temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.

@magistrlarofficial
12.7K views14:34
Ochish/sharhlash
2023-12-13 20:57:04 A.Toshqulov TERDUda tozalash ishlarini boshlagan.

Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytgan Prezident maslahatchisi sobiq oʻrinbosari A.Toshqulov OTMda tozalash ishlarini boshlagan.

Xususan, TERDU Yuridik fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari va kafedra mudirlari, shuningdek, ayrim oʻqituvchilar lavozimlaridan ozod etilgan. Baʼzi oʻqituvchilarga hayfsan hamda ogohlantirish intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

Universitetning Telegram kanaliga koʻra, rektor darslarni shaxsan kuzatib borgan va talabalardan anonim soʻrovnoma olib, barchaga baho bergan.

@magistrlarofficial
13.1K views17:57
Ochish/sharhlash
2023-12-13 11:19:16 #Шунчаки

Шеплар совуқ қотими дийман, ё улар бизни ўйлай бошлашдими.
Деган экан катталар(ота эналаримиз)


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
12.6K views08:19
Ochish/sharhlash
2023-12-13 11:17:52 #ДИҚҚАТ #БАТАФСИЛ

Хонадонда электр ускуналаридан ортиқча фойдаланганда автоматик тарзда ўчириб қўйиш амалиёти вақтинча тўхтатилди

Айни пайтда ижтимоий тармоқларда соатига 4,5 киловатт соатдан ортиқча электр энергияси ишлатган хонадон электр таъминотидан узилиши ҳақида тасдиқланмаган хабарлар эълон қилиняпти.

Демак, соатига 4,5 киловатт соат деган гап шу банднинг нотўғри талқини бўлмоқда.

Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, бу амалиёт истеъмол юқори бўлган жойларда қўлланилади ва истеъмолчи ортиқча ускуналарни ўчириб, кучланишни белгиланган меъёрдан камайтирса, ҳисоблагич узоғи билан 15 дақиқа ичида автоматик равишда ёнади.

Бироқ ҳаво ҳароратининг совуқ кунларида истеъмолчиларни қўллаб-қувватлаш мақсадида бу норма вақтинча бекор қилинди.

Яъни, хонадон эгаси электр энергиясидан белгиланган меъёрдан ортиқча фойдаланганда, ҳисоблагич автоматик тарзда ўчириб қўйилмайди.

Ёдда тутинг: агар хонадонингизда электр токи ортиқча юклама билан ўчган бўлса, юкламани камайтирганингиздан сўнг электр таъминоти 10 – 15 дақиқа орасида автоматик равишда тикланади.

Дарвоқе, сиз соатига 15 кВт ишлатиш учун қанча электр ускуналари ёниб туриши кераклигини биласизми?

Масалан, 15 кВт соат электр энергияси сарфлаш учун бир вақтнинг ўзида бир соат давомида 6 та музлаткич, ўртача 1,5 кВт қувватли 3 та кондиционер ва 3 та электр печи ёниқ туриши керак.

3 та телевизор ҳамда 20 та лампочканинг истеъмол ҳажми, нари борса, 1,5-2 кВт соат бўлиши мумкин холос.

Шундай экан, 98 фоиз аҳолининг хавотир олишига мутлақо ўрин йўқ.

Энергетика вазирлиги Ахборот хизмати.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
12.7K views08:17
Ochish/sharhlash
2023-12-13 05:49:16 Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi?

Bu yil magistratura uchun 20.054 nafar abituriyent hujjat topshirgandi. Ajratilgan kvota esa 17,1 ming edi.

Hujjat topshirgan deyarli teng yarim talabgorning arizasi talabga javob bermagani uchun qaytarilgan. 6,3 ming nafar talabgor magistraturaga qabul qilindi. 11 mingga yaqin kvota esa bo‘sh qolgan.

Endi nima bo‘ladi?

Kvotalar bo‘sh qolib ketadimi? Bu hozircha aniqmas. Lekin anig‘i yoz boshidayoq sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi, qishkisi bo‘lmaydi deb aytgandi. Qoida bo‘yicha esa Qabul komissiyasi ruxsat bersa, to‘lmagan kvotalar uchun qishki qabul ham bo‘lishi kerak.

Katta ehtimol bilan vaziyat qishki qabul ham bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin hozircha bu haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.3K views02:49
Ochish/sharhlash
2023-12-09 21:17:56
#e’lon

Talaba, magistrant, doktorant hamda ilmiy xodimlar diqqatiga!


Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNOTEXNOPARK binosida Xitoy universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Unda XXR universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishishingiz mumkin.

Ko‘rgazma o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib borilib, 11-dekabr (dushanba) soat 9.00 dan 17.00 gacha davom etadi. Rasmiy ochilish marosimi soat 09:30 da boshlanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 2

@magistrlarofficial
17.8K views18:17
Ochish/sharhlash