Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2024-04-26 13:46:09 #Diqqat || #Obunachilarimizdan

Ushbu xabar Multilevel imtihonini nazorat qiladigan mutassadilar uchun.

Insonlar e’tibor berib qarang writing qismi bahosiga. Men Yokub Rakhmonkulov ushbu 55 balni essayni yarmini o’zbekcha yozib olganman.

Tushunayapsizmi o’zbek tilida?

Menga DTM xodimlari aloqaga chiqishdi buni tekshiramiz, agar aldasangiz sudga berilasiz deyishgandi. Ammo biror bir natija ko’rilmadi.

Endi savol. Qaysi malakali mutaxassis buni tekshirgan?

Bu xabarni yozishdan maqsad 30 Mart imtihoniga kirgan o’quvchilarim ko’pchilikka past baho qo’yilgan va shu tekshiruvchilarni deb qancha bolani umidi so’nayapti imtihonga…

Iltimos qilib so’rardim sifatga e’tibor beringlar, faqat odam soniga emas. Sababini hammani ham oilaviy sharoiti to’g’ri kelavermaydi sizlarni imtihonlarizni qayta qayta topshirishga

Sizlardan so’rab qolaman ushbu xabarni maksimal tarqatinglar

Tegishli javob kutib qolamiz masullarimizdan

#Tahrirlanmagan

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.0K views10:46
Ochish/sharhlash
2024-04-26 08:44:20 TEZKOR: Magistraturaning sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni shakllari joriy etiladi

“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

Akademik mustaqillik sohasida:

oʻquv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, taʼlim shaklini belgilash;
oʻqish davomiyligi muddatini belgilash;
doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, oʻz hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qoʻshimcha qabul qilish;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni joriy etish;
akademik mobillikni amalga oshirish;
oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
taʼlim sifatini ichki nazorat qilish.

Hozircha hech qaysi davlat oliygohida ochilmagan ochilsa kanalda e'lon beriladi

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.5K views05:44
Ochish/sharhlash
2024-04-25 07:39:45 25-апрель - Халқаро қиз фарзанд куни.

Қиз бор уйнинг файзи бўлак, дейдилар,
Жаннат йўли — қиз бор йўлак, дейдилар.
Ўнгиримда ўғлим йўқ, деб ўксиманг,
Тоғ бўлмаса, қир ҳам тиргак, дейдилар.
Элнинг бахти ботирларга ёр бўлсин,
Оминалар, Холидалар бор бўлсин.

Қизи йўқнинг ойсиз хомуш осмони,
Қизи борнинг қасрдир хонадони.
Ота уйда ҳар куни баҳор бўлсин,
Ҳар бир хонадонда қиз фарзандлар бор бўлсин.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.2K views04:39
Ochish/sharhlash
2024-04-23 09:49:19
#Ҳушхабар

Энди бошланғич таълим ўқитувчилари ҳам устама ҳақ олишлари мумкин бўлади.

Бунинг учун улардан Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг она тили ва адабиёти ҳамда математика фани бўйича сертификатига эга бўлиши талаб этилади.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.7K views06:49
Ochish/sharhlash
2024-04-23 08:30:05
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarni topshirish joriy yilning 15-mayiga qadar qabul qilinadi.

Nizom bo'yich talablardan kamida 1 maqola va 2 tezis talab etiladi

2 ta maqola faqat -maygacha chop etish chegirma bilan 649 000 so'm o'rniga 520 000 so'm

Batafsil ma'lumot:
https://t.me/+oUpMacy75Dk1ZmNi
@inscience_uz
99-006-6110
13.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-04-22 14:05:24
Тошкентда қачондан 02 кодли автомобиль рақамларидан фойдаланилади?

ИИВ ЖХД ЙҲХББ 02 кодли авторақамлардан қачондан фойдаланиш мумкинлигини маълум қилди.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.3K viewsedited  11:05
Ochish/sharhlash
2024-04-22 07:49:34 Eslatma: ko‘p tarmoqli shifoxonalarda talabalar uchun internatura tashkil etildi

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) tashkil etiladi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda – ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

Qabul 5–20-avgust kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
17.4K views04:49
Ochish/sharhlash
2024-04-22 07:45:28 Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak?

Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi.

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi.

Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qarorda 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi.

Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi.

Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi.

Vazirliklar tomonidan bu haqida rasmiy maʼlumot berilsa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
13.0K views04:45
Ochish/sharhlash
2024-04-22 01:31:32
Ўзбекистон аҳолиси 37 миллионга етди.

@magistrlarofficial
14.5K views22:31
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:12:15 2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.7K views11:12
Ochish/sharhlash