Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official M
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanaldagi mavzular:
Obunachilarimizdan
Tahrirsiz
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2024-02-09 07:24:57 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
14.2K views04:24
Ochish/sharhlash
2024-02-08 15:07:17 Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston Iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent Moliya instituti hamda Fiskal instituti birlashib katta Oliy ta'lim muassasi deb e'lon qilindi.

O'zbekiston IQTISODIYOT universiteti rektor lavozimiga Teshabayev To'lqin Zakirovich tayinlandi.

Bunga qadar Toshkent Moliya instituti rektori edi.

Teshabayev To'lqin Zakirovichga bundan keyingi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
17.9K views12:07
Ochish/sharhlash
2024-02-08 11:30:54 Mingta maktabda prezident maktablari tizimiga o‘tiladi

Hokimlar esa bu maktablarning moddiy texnik bazasini yaxshilab berishi kerak.

O'tgan yili 500 ta maktabda prezident maktabi tizimi joriy qilinishi kerak edi.

@magistrlarofficial
13.2K views08:30
Ochish/sharhlash
2024-02-06 08:33:23
#e’lon

TOEFL
ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish 15-fevralga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Imtihonlar Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68
———
Продолжается регистрация претендентов на экзамен TOEFL ITP

Научно-образовательный практический центр при Агентстве по оценке знаний и навыков дал старт онлайн регистрации претендентов на экзамены TOEFL ITP.

Регистрация будет осуществляться через сайт агентства
my.uzbmb.uz (раздел «Научный центр») до 15 февраля.

Экзамены пройдут в здании Агентства по оценке знаний в Ташкенте (ориентир: станция метро Бодомзор), результаты будут объявлены в тот же день.

Заявители, имеющие настоящий сертификат, смогут воспользоваться льготами, указанными в постановлении Президента ПП-5117.

Телефоны для справок: (95) 515-68-68.


@magistrlarofficial
16.0K views05:33
Ochish/sharhlash
2024-02-05 08:46:55 Prezident Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi hamda ayrim rektorlarni tanqid qildi

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

@magistrlarofficial
12.8K views05:46
Ochish/sharhlash
2024-02-02 20:15:26
Vazir birinchi ish kunini talabalar sharoitini o‘rganishdan boshladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyida bo‘ldi. Vazir yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlar bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganlarini ko‘zdan kechirdi.

@magistrlarofficial
14.6K views17:15
Ochish/sharhlash
2024-02-02 18:37:15
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.

@magistrlarofficial
14.0K views15:37
Ochish/sharhlash
2024-02-02 13:07:41 Aytishlaricha, Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.2K views10:07
Ochish/sharhlash
2024-02-01 19:00:17 Mamlakatimizda xotin-qizlarga qanday imtiyozlar bor?

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi Batafsil

Ayollarni pensiya yoshiga to‘lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish taqiqlanadi Batafsil

Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi Batafsil

"Ayollar daftari"ga kiritilganlarga kredit berilishi mumkin Batafsil

Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi Батафсил

Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi Батафсил

“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlari ham bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi Батафсил

Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi Батафсил

Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi Батафсил

12 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha ta’til beriladi Батафсил

Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to‘lab beriladi Батафсил

2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga o‘tkaziladi Батафсил

Homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llanilmaydi Батафсил

Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki ta’minlanadi Батафсил

Ayrim ayollar 53 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin Батафсил


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-01-29 19:18:28
​​ Япония

Булар пойабзал тозаловчи кишилар эмас!

Аслида булар Япониядаги катта фабрикаларнинг раҳбарларидир. Улар корхонага қабул қилинган янги ишчиларнинг пойабзалини тозалайдилар.

Шу тариқа ўз қалбларидаги ва янги қабул қилинган ишчилар қалбидаги кибрни синдирадилар.
Японияда бошлиқлар бошқа ходимлар сингари оддий ишчидир. Бошлиқларда қўполлик ва ходимларда уларга нисбатан хушомад йўқ.

Manba: Jaloliddinrumiyy

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
15.1K viewsedited  16:18
Ochish/sharhlash