Get Mystery Box with random crypto!

Magistrlar Official

Telegram kanalining logotibi magistrlarofficial — Magistrlar Official
Kanal manzili: @magistrlarofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.29K
Kanalning ta’rifi

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)
📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg
📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/
📩 Reklama: @magistrsupport

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2024-04-10 04:15:00
Qadrli hamkasblar, Aziz yoshlar!

Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Bayram shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon bo‘lsin!

bilan @magistrlarofficial jamoasi

@magistrlarofficial
17.5K viewsedited  01:15
Ochish/sharhlash
2024-04-09 11:42:08 Бугун барча ходимлар 1 соат вақтли кетишга қонуний ҳаққи бор.

Меҳнат кодекси 187-моддасига кўра, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага 10 апрель - Рамазон ҳайити байрами. Шунга кўра Ҳайит байрамида ходимлар кетма кет 3 кун(10-12 апрель) дам олади.

@magistrlarofficial
15.6K viewsedited  08:42
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:47:54 10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
19.4K views07:47
Ochish/sharhlash
2024-04-08 06:45:27 Чет элга ишлашга борувчиларнинг имтиҳон, виза ва йўл чиптаси харажатлари қоплаб берилади

Президент фармонида хорижга вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бориш учун жўнаб кетаётган ёки хорижда вақтинча ишлаётган фуқароларга тиббий, ижтимоий, ҳуқуқий, консуллик хизматларини кўрсатиш масалалари кўрсатиб ўтилган.

Хусусан, 2024 йил 1 июндан бошлаб «Хорижда иш» меҳнат миграцияси электрон дастурий мажмуасида рўйхатдан ўтган ва ташкиллаштирилган меҳнат миграциясига кетаётган фуқароларга:

хорижий тиллар ва касб бўйича малака имтиҳонларини топшириш билан боғлиқ харажатларини қоплаш учун БҲМнинг 3 бараваригача; 

«Ишчи виза»ни расмийлаштириш билан боғлиқ харажатлар учун БҲМнинг 5 бараваригача;

Йўл чиптаси учун БҲМнинг 2 бараваригача миқдорда компенсация тўланади.

@magistrlarofficial
16.4K viewsedited  03:45
Ochish/sharhlash
2024-04-06 19:09:49
Rasman: prezident maktablari o‘qituvchilariga 350 foiz ustama to‘lanadi

Lekin bu ustamani olish shartlari bor. Prezident farmoniga ko‘ra:

Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.1K views16:09
Ochish/sharhlash
2024-04-06 15:26:10
#e’lon #stipendiya

Britaniya Kengashi tomonidan xotin-qizlar uchun “Women in STEM” stipendiyasi e’lon qilindi


Stipendiya Buyuk Britaniyadagi universitetlardan birida fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini beradi.

Magistratura stipendiyalariga arizalar 2024-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi.

Batafsil bu yerda (ingliz tilida)

@magistrlarofficial
12.6K views12:26
Ochish/sharhlash
2024-04-06 08:35:48
Attestatsiyada kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan test platformasida pedagoglar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilayotgan onlayn-repetitsiyalarda ayrim fanlardan kalkulyator va qoʻshimcha qoʻllanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Attestatsiya jarayonlarida ham kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

@magistrlarofficial
14.2K views05:35
Ochish/sharhlash
2024-04-05 16:00:10
Noutbuk kerakmidi? Mana sizga olam-olam noutbuk!

Noutbuk sotib olish bunchalik oson bo'lmagan. Shunchaki @noutbuk_noutbook_notebook_laptop kanalimizga obuna bo'ling, o'zingizga yoqqan noutbukni tanlang va qo'ng'iroq qiling!

Barcha turdagi ehtiyot qismlari ham mavjud

6, 12 oyga rasmiy daromadsiz bo'lib to'lashlikka ham o'zbekiston bo'ylab qiberamiz

Ha, albatta, bizda bepul yetkazib berish xizmati ham bor!

Kanalimizga o'tavering, kelishtirib beramiz:

@noutbuk_noutbook_notebook_laptop

+998970402661
       +998900562661

Adminga murojaat: @hero2424
13.4K views13:00
Ochish/sharhlash
2024-04-05 14:25:45 #ТЕЗКОР E'lon Hurmatli kanalimiz obunachilari sizlarga shuni ma'lum qilamizki, 2023-2024 yili TOEFL iBT topshirgan kandidatlarning sertifikatlari, birin-ketin Vazirlik,Adliya tomonidan bekor qilinmoqda. Hozirda Vazirlik tomonidan 'Home Edition'(TOEFL…
22.9K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2024-04-05 10:45:14 Xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
16.3K views07:45
Ochish/sharhlash