Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
“Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash” yilida yoshlar bandligini ta’minlash hamda chet tillarini o’qitish bo‘yicha bir qancha tashabbuslarni
ilgari surdilar.
Xususan, xususiy kurslarda o‘qib,
“C-1” va
“B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari
hamda olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi orqali
1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.
“Ustoz” loyihasi doirasida
250 ming nafar yoshlar
marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi
30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi.
“Har bir mahalladan 2 nafar dasturchi” loyihasi belgilandi.
Bu yil yoshlarga
60 ming 500 gektar yer ajratilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida
“Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan
biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
@magistrlarofficial