Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda mavjud 21 ta vazirlikdan 19 tasi rasmiy telegram | Magistrlar Official

O‘zbekistonda mavjud 21 ta vazirlikdan 19 tasi rasmiy telegram kanalini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritmoqda. Ushbu vazirliklarga rahmat.

Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek Sog‘liqni saqlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi sahifalarini hali hamon krill yozuvida yuritmoqda.

Lotinga o‘tganimizga 30 yil bo‘ldi. Bu ikki vazirlik rasmiy sahifalarini yuritishda kirilldan voz kechishiga yana nechi yil kerak ekan? Bu faqat vazirliklar misolida, qo‘mita, agentlik, inspeksiya va boshqa tashkilotlardan lotinga o‘tmaganlarining ham nomini e’lon qilamiz.

@magistrlarofficial