Get Mystery Box with random crypto!

Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy ti | Magistrlar Official

Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda:

Ingliz tili bo‘yicha
Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili
Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha
Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)


Yapon tili bo‘yicha
Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha

Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha
The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.

@magistrlarofficial