Get Mystery Box with random crypto!

#savollarga_javoblar SAVOL: Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqla | Magistrlar Official

#savollarga_javoblar

SAVOL: Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali chet tillarini bilish darajasini baholovchi ro'yhatdan TOEFL iBT turini chiqib ketishi haqida xabarlar tarqaldi. Shunda aynan hozirgi sanalar bilan olingan TOEFL iBT sertifikati tan olinadimi yoki yo'qmi? Bu yilgi qabul jarayonlarida aynan qaysi ro'yxat bo'yicha qabul amalga oshiriladi?

JAVOB: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar roʻyxati zaruratga qarab takomillashtirilib boriladi. Bunda, amaldagi roʻyxat bekor qilinmasdan, balki roʻyxatga yangi sertifikat turlari kiritilishi yoki ayrim sertifikatlar roʻyxatdan chiqarilishi mumkin.

TOEFL iBT sertifikati roʻyxatdan chiqarilgan taqdirda, ushbu sanaga qadar olingan sertifikatlar tan olinadi.

Manba: ilmiy_darajali_kadrlar

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group