Get Mystery Box with random crypto!

TEZKOR: Magistraturaning sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni | Magistrlar Official

TEZKOR: Magistraturaning sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni shakllari joriy etiladi

“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

Akademik mustaqillik sohasida:

oʻquv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, taʼlim shaklini belgilash;
oʻqish davomiyligi muddatini belgilash;
doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, oʻz hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qoʻshimcha qabul qilish;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni joriy etish;
akademik mobillikni amalga oshirish;
oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
taʼlim sifatini ichki nazorat qilish.

Hozircha hech qaysi davlat oliygohida ochilmagan ochilsa kanalda e'lon beriladi

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group