Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat || #Obunachilarimizdan Ushbu xabar Multilevel imtiho | Magistrlar Official

#Diqqat || #Obunachilarimizdan

Ushbu xabar Multilevel imtihonini nazorat qiladigan mutassadilar uchun.

Insonlar e’tibor berib qarang writing qismi bahosiga. Men Yokub Rakhmonkulov ushbu 55 balni essayni yarmini o’zbekcha yozib olganman.

Tushunayapsizmi o’zbek tilida?

Menga DTM xodimlari aloqaga chiqishdi buni tekshiramiz, agar aldasangiz sudga berilasiz deyishgandi. Ammo biror bir natija ko’rilmadi.

Endi savol. Qaysi malakali mutaxassis buni tekshirgan?

Bu xabarni yozishdan maqsad 30 Mart imtihoniga kirgan o’quvchilarim ko’pchilikka past baho qo’yilgan va shu tekshiruvchilarni deb qancha bolani umidi so’nayapti imtihonga…

Iltimos qilib so’rardim sifatga e’tibor beringlar, faqat odam soniga emas. Sababini hammani ham oilaviy sharoiti to’g’ri kelavermaydi sizlarni imtihonlarizni qayta qayta topshirishga

Sizlardan so’rab qolaman ushbu xabarni maksimal tarqatinglar

Tegishli javob kutib qolamiz masullarimizdan

#Tahrirlanmagan

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group