Get Mystery Box with random crypto!

#Qahramon_pedagoglar 'Hozir bola qalbiga shunday kirib bo’l | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Qahramon_pedagoglar

"Hozir bola qalbiga shunday kirib bo’lmaydi..."

Eshonxonova Muqaddasxon Jumavoyovna Farg'ona viloyati 3-IDUMI biologiya fani o'qituvchisi. Xalq ta'limi a'lochisi.

Biz Kreativ Pedagogga aylangan va o'z ishining fidoyisi bo'lgan qahramon pedagoglarni tanishtirishda davom etar ekanmiz, bugungi mehmonimiz ham ana shunday o'z kasbining fidoyi o'qituvchilaridan biridir.

Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

"Men Kreativ Pedagog kursida o'qib o'rgangan eng samarali metodlarimdan biri bu "Avtofokus" metodidir. Bu metod orqali men o'quvchilarimni juda tez va osonlik bilan diqqatini jalb qila olaman.

Ta’lim haqida tavsiyalarim to'g'risida gapiradigan bo'lsam:

O’qituvchi shunday yo’l tutib ishlasinki, o’quvchilarda ustozi orqali shu kasbga mehr uyg’onsin, ustozga hurmat uyg’onsin. Hozir bola qalbiga shunday kirib bo’lmaydi, uni hayratlantirib kirib borish va qalbidan mangu joy olishi kerak".


@Qahramon_pedagog