Get Mystery Box with random crypto!

Yozgi taʼtil oʻqituvchilarga nima uchun kerak? Yozgi taʼtil | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Yozgi taʼtil oʻqituvchilarga nima uchun kerak?

Yozgi taʼtil - bu nafaqat oʻqituvchini oʻzini balki tanasi, ongini va yuragini tanaffus olishidir.

Oxirgi oʻquvchingiz sinfdan chiqib ketganidan keyin siz nihoyat erkin nafas olishingiz mumkin. Uzoq dam olish kunlarining boshlanishi, siz o'qituvchilik ta'tilidan zavqlanish arafasidasiz. Ilm ulashish ko'p ijobiy narsalar - rivojlantiruvchi, ilhomlantiruvchi, qiziqarli - lekin shu bilan birga charchatuvchi hamdir. Vaqti-vaqti bilan batareyalaringizni qayta zaryadlashingiz kerak va ta'tildan zavqlanish - buning bir muqobil yo'lidir. Ammo, agar siz taʼtil davomida oʻzingizni tiklashdan ko'ra koʻproq ish haqida o'ylashga vaqt sarflasangiz, taʼtildan maksimal hordiq ololmasligingiz mumkin.

Hamma narsaga jiddiy eʼtibor bering. Taʼtilga chiqishdan oldin har qanday va uzoq davom etadigan ishni tugating. Tuzatish kerak bo'lgan qog'ozlarni to'g'rilang. Burchakdagi tartibsizlikni tozalang. Tanaffusga ketishdan oldin e'lonlar taxtasini o'zgartiring. Hech narsani qarovsiz qoldirmang, aks holda bu vazifalar sizning fikringizning bir burchagiga joylashadi va siz o'zingizga e'tibor qaratishingiz kerak bo'lganda ular haqida o'ylaysiz. Bu esa sizni yaxshi dam olishdan saqlanishi muqarrardir.

(Vaqtinchalik) Maktabingiz bilan barcha aloqalarni uzing.
Eshikni yopganingizdan so'ng, maktabni hozircha xayolingizdan o'chirishga harakat qiling. Maktabni eslatuvchi har qanday narsadan oʻzingizni uzoq tuting (elektron pochtalar, kontaktlar) va yana ish bilan bog'liq narsalarni tekshirishdan oʻzingizni saqlang. Har qanday va maktabga tegishli narsalarni - hujjatlar, kitoblar, baho daftarlarini va hokazolardan holi yashang. Ishoning kichik buyumlar ham sizga ogʻir oʻtgan oʻquv mavsumini eslatishi va hayolingizni kun davomida band qilishi mumkin.

Faqat oʻzingiz uchun ishlarni rejalashtiring. Esda tutingki, ta'til - bu ozgina ruxsat etilgan erkinlik vaqti. Tanaffusni qiziqarli narsa bilan boshlang. Dam olish rejimiga o'tish uchun oʻzingizni ruhan tayyorlab uni puxta reja qiling. Ba'zi odamlar ta'til boshlanishidan bir kun oldin narsalarni yig'ib, maktabdan ketishadi. Boshqalar esa ta'tillarini sinf hayotiga mutlaqo aloqasi bo'lmagan joyda o'tkazishni yaxshi ko'radilar. Balki siz shunchaki divanda yotib yoqtirgan filmlaringizni tomosha qilish yoqar.

Ta'tilingizni ruhingiz uchun mashg'ulot kabi o'ylab ko'ring. Agar siz ajoyib yuguruvchi bo'lishni istasangiz, shunchaki yugurib bo'lmaydi. Buning o'rniga, siz yoga bilan shug'ullanishingiz, og'irliklarni ko'tarishingiz va birinchi navbatda asosiy mushaklaringizni shugʻullantirishingiz kerak. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun ham xuddi shunday. Amaliy ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda, sizni ilhomlantiradigan shaxsiy tajribalar va sinf hayotini yaxshilaydigan narsalarni baham ko'rish uchun hikoyalaringiz bo'lishi kerak.

Unutmang! Taʼtil bu - toliqqan tanangizga dam berish va kelgusi oʻquv yiliga qayta kuch yigʻish uchun asosiy manbadir.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!