Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.45K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 28

2022-06-04 09:34:40
Kitob g'olib ishtirokchimizga yetib bordi!

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining ilk soni eng yaxshi izoh muallifi Dadilbek Murataliyev va'da qilingan kitobni olib, tashkilotchilar va ishtirokchilar uchun ajoyib video tayyorlab yubordilar. Bu videoni sizga ham ilinishga qaror qildik.

Eslatib o'tamiz, bugun 20:00 da loyihamizning 3-soni premyerasi bo'ladi. Bu safargi kitob egasi aynan siz bo'lishingiz mumkin. YouTube sahifamizga a'zo bo'ling va kitobxonlar safiga qo'shiling.

YouTube sahifasiga a'zo bo'lish
3.8K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-06-03 18:07:15
"Imomning maneken qizi" kitobi g'olibini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 2-soni premyerasidan so'ng, bu video YouTube'da 3 kun ichida 3 mingdan ortiq marta ko'rildi. Va'damizga binoan bu safar ham qoldirilgan eng yaxshi izoh muallifiga ushbu kitobni sovg'a qilamiz. Yozib qoldirilgan izohlar ichidan eng yaxshisi deb Muslimaxon Mahkamova yozib qoldirgan izoh topildi.

Ushbu loyihaning 3-soni premyerasi ertaga 20:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Navbatdagi videoda qaysi kitob haqida gap boradi? Tahminlaringizni kommentlarda yozib qoldiring.

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
7.1K viewsedited  15:07
Ochish/sharhlash
2022-05-28 18:01:02 ​​Bu kitob har bir qizning sumkasida bo'lishi kerak Hech o'ylab ko'rganmisiz? Masjidda insonlarga din ahkomlarini o'rgatuvchi, hayoti ibrat olishga arziydigan imomning qizi modelyer bo'lishi mumkinmi? Ha, to'g'ri o'qidingiz, turli kiyimlarni kiyib, insonlarga…
4.4K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-05-28 17:12:18 ​​Bu kitob har bir qizning sumkasida bo'lishi kerak

Hech o'ylab ko'rganmisiz? Masjidda insonlarga din ahkomlarini o'rgatuvchi, hayoti ibrat olishga arziydigan imomning qizi modelyer bo'lishi mumkinmi? Ha, to'g'ri o'qidingiz, turli kiyimlarni kiyib, insonlarga ko'z-ko'z qiluvchi modelyer. Bu savolga "yo'q" deyishga aslo shoshilmang. Hayotda har nima bo'lishi mumkin.

Inson zotiga qanchalik ko'p chegara qo'ysangiz, u shu chegaradan chiqishga harakat qilaveradi. Chegaradan tashqaridagi hayotga qiziqishi ortaveradi. Chegaradan chiqib, adashganini his qilganida esa kech bo'lishi mumkin.

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 2-sonida aynan yuqorida ta'riflangan asar tilga olingan. Ming marta eshitgandan ko'ra, bir marotaba ushbu kitobni o'qigan afzal deya, bugungi premyera soat 20:00 da bo'lishini eslatib o'tmoqchimiz.

YouTube'da videoni ko'ring, like bosing va fikringizni yozib qoldiring. 3 kun ichida yozilgan eng yaxshi izoh muallifi aynan shu kitobni qo'lga kiritadi.

Premyerani ko'rish:



YouTube sahifamizga obuna bo'lib, ushbu postni do'stlaringizga ulashishni unutmang,
26.9K views14:12
Ochish/sharhlash
2022-05-28 10:36:32
"Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti" kitobi g'olibini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining ilk soni premyerasidan so'ng, YouTube'da qoldirilgan eng yaxshi izoh muallifiga ushbu kitobni sovg'a qilishimizni aytgan edik. Yozib qoldirilgan izohlar ichidan eng yaxshisi deb Dadilbek Murataliyev yozib qoldirgan izoh topildi va ularga va'ada qilingan kitobni taqdim etamiz!

Bugun 20:00 da ushbu loyihasining 2-soni premyerasi YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi. Sahifamizga obuna bo'ling va keyingi kitobni aynan siz qo'lga kiritishingiz mumkin.

Kitobxonlar sahifasiga a'zo bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
7.1K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-05-26 10:36:42 Kitob yutib olish uchun bugun oxirgi kun. Shoshiling, sizda imkon bor!

Agar siz "Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti" kitobini qoʻlga kiritishni istasangiz, YouTube'dagi ushbu videoga like bosib, kommentariyada oʻz fikrlaringizni yozib qoldiring.

Eng yaxshi izoh egasi, yuqorida aytgan kitobimiz sohib yoki sohibasiga aylanadi.

@kitobxobyoshlar
3.9K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-05-23 19:15:48
Biznesni "infolo'ttibozlar"dan emas, haqiqiy "savdogarlar ustozi"dan o'rganing!

Hozirda ba'zi insonlar kostyum-shim kiyib, babochkalarni taqvolib, sahnaga chiqib o'zicha biznes haqida treninglar o'tmoqda, motivatsiya haqida internetda bong urmoqda. Soxta biznes trenerlarning ko'pchiligi kitoblarda o'qib olgan gaplarini, ijtimoiy tarmoqlarda aytib, "trend"ga chiqmoqda. Afsuski ularga ishonib, pul to'layotganlar ham uchrab turibdi.

Agar siz o'z biznesingizni boshlab, halol daromad topishni istasangiz, bu bilimlarni "infolo'ttibozlar"dan emas haqiqiy "savdogarlar ustozi"dan o'rganishni tavsiya qilamiz. "Savdogarlar ustozi o'zi kim?" degan savol sizni o'ylantirayotgan bo'lsa, unda ushbu video aynan siz uchun!

YouTube sahifamizdagi ushbu videoni ko'rib, like bosib, 3 kun ichida eng yaxshi izoh yozgan obunachimizga ushbu kitobni sovg'a qilamiz.

Premyerani ko'rish:




YouTube sahifamizga obuna bo'lib, ushbu postni do'stlaringizga ulashishni unutmang,
19.8K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-08 18:18:49
Kitobxonlarni "Birga kitob o'qiymiz" loyihasiga taklif qilamiz!

Talaba-yoshlar orasida kitob o'qishni targ'ib qilish hamda kitobxon yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Birga kitob o'qiymiz" loyihasiga start beramiz. Kitobxonlar o'zlari sevib mutolaa qilgan asarlarini ushbu loyiha orqali video-intervyu ko'rinishida boshqa kitobsevarlarga tavsiya qiladilar.

Loyihada barcha ishtirok etishi mumkin. Buning uchun o'zingiz sevib o'qigan va boshqalarga ham tavsiya qilmoqchi bo'lgan kitobingiz haqida quyidagi so'rovnomani to'ldirishingiz kerak bo'ladi.
So'rovnomani to'ldirish: https://forms.gle/LX1cep8FHmWw2dgZ7

Eng yaxshi javob egalari loyihamiz syomkasiga taklif qilinadi. Loyihada ishtirok etgan kitobxonlar tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar bilan, ko'rsatuv ijtimoiy tarmoqlarda premyera qilingach esa kommentlarda eng yaxshi izoh qoldirgan kuzatuvchilar kitoblar bilan taqdirlanadi.

Yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni targ'ib qilishga o'z hissangizni qo'shib, e'lonni do'stlaringizga ulashishing.
40.8K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2022-05-08 17:02:18 Insha'Alloh katta loyiha boshlash arafasida turibmiz.

Loyihamizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari tayyor. Ularga ham obuna bo'lishni unutmang.

Instagram: instagram.com/kitobxonyoshlar
Facebook: facebook.com/kitobxonyoshlar
YouTube: youtube.com/kitobxonyoshlar
6.0K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-05-08 16:06:52 Assalomu alaykum qadrlilar!

Anchadan buyon kanalimiz o'z faoliyatini to'xtatib qo'ygan edi. Endi kanalimiz kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida yangi loyihalar bilan davom etadi.

Loyiha haqida tez orada e'lon beramiz. Kanalni tark etishga shoshilmang...
6.0K viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash