Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2023-11-22 06:37:44


Bugun 22-noyabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – o‘g‘il farzandlar kuni
Rossiya – Psixologlar kuni.
Ozarbayjon – Adliya xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1936 – SSSRda abortga ruxsat berildi.
1943 – Livan Fransiyadan mustaqillikni qo’lga kiritdi.
1946 – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi.
1963 – AQSH prezidenti Jon Kennedi Texasda suiqasd qurboni bo’ldi.
1967 – BMT Xavfsizlik Kengashi Arab-Isroil mojarosiga oid 242-sonli rezolyutsiyani qabul qildi.
1974 – Falastin Ozodlik harakati BMTda kuzatuvchi maqomini qo’lga kiritdi.
1986 – Mayk Tayson boks boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
2005 –Angela Merkel Germaniya tarixidagi ilk ayol kansler bo’ldi.
2008 – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi.

#tavalludlar
1801 – Vladimir Dal – shifokor, yozuvchi, etnograf, leksikograf, "Buyuk rus tilining jonpi izohli lug'ati" ni yaratgan.
1819 – Jorj Eliot – ingliz shoiri.
1869 – Andre Gide – fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi.
1911 – Asror Jo’rayev – O’zbekiston xalq artisti
1986 – Dilnoza Kubaeva – O‘zbek kino va teatr aktrisasi

KitobxonYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
21.0K viewsedited  03:37
Ochish/sharhlash
2023-11-06 14:47:13


17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!

Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.

3ta – zamonaviy smartfon;
3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
20ta – Smart watch;
20ta – Quloqchin;
20ta – Airpods;
20ta – Powerbank;
ko‘plab badiiy kitoblar;
va pul yutuqlari yutib oling.

Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!

TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!
21.3K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2023-10-28 11:01:32


Biz urushni qo’llamaymiz, biz tinchlik va haqiqat tarafdamiz!

Norasida go‘daklar, oddiy xalqni vaxshiylarcha bombardimon qilayotgan Isroilliklarga qarshi sionistlar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga boykot e’lon qilish qo‘limizdan keladi.

Ikki milliard musulmonlar yakdil bo‘lib, tahminan oyiga dushmanlarning 100 dollarlik mahsulotini olmasa, bu $200 mlrd bo‘ladi, yiliga esa $2.4 trln bo‘ladi. Bu miqdor AQSh yillik byudjetining 11%zi deganidir. Har qanday kapitalistga og‘ir zarba bu.

Bugundan boshlab, rasmdagi mahsulotlarni sotib olishni to‘xtataman.

KitobxonYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.9K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-10-06 18:21:51
#ibrat

Omadli va omadsiz odamning farqi ...

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.4K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-10-06 09:09:20


Bugun 6-oktabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon tabassum kuni.
Butunjahon tabassum kunining maqsadi odamlarni yaxshilik qilishga undash va boshqalarni tabassum qilishidir. Bu quvonch va baxtni tarqatish va odamlarga eng kichik yaxshilik ham kimningdir hayotida katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkinligini eslatish kuni.

Tomas Edison o'zining birinchi filmini namoyish etdi (1889).

Buxoro amirining yozgi saroyi – Sitorayi Mohi Xossada Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyi ish boshladi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi (1920).

6-oktyabrga o'tar kechasi Ashxobodda Rixter shkalasi bo'yicha 9 balli zilzila sodir bo'ldi (1948).

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etildi (1990).

Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi (1994).

Ingliz astronomi, Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofani o'lchagan Nevil Maskelayn tavallud topgan (1732).

O’zbekiston xalq artisti, opera xonandasi (lirik tenor) Azimov Asad tavallud topgan (1927).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.8K views06:09
Ochish/sharhlash
2023-10-05 09:03:30
To‘zg‘igan gunoh

Bir kishi donishmand huzuriga borib: – Men g‘iybat va chaqimchilik qilib qo‘ydim. Qilmishimdan pushaymonman, tavba qilmoqchiman. Tavbam qabul bo‘lishi uchun nima qilsam bo‘ladi? – dedi.
Donishmand: – Ertaga par yostiq olib kel, – dedi.

Ertasi kuni qo‘lidagi par yostiqni kesib, patlarni to‘kishni buyurdi. Patlar uchib, har tarafgi yoyilib ketdi.

Donishmand: – Endi hammasini yig‘ib kel, – dedi.
Odam hayron bo‘ldi: – Buning sira iloji yo‘q, – dedi.
Donishmand: – Odamlarning orqasidan gapirganing ham shunday tarqalib ketdi. Shu bois sen g‘iybat qilgan odamlarga yaxshilik qil. Ilgari xatolarini gapirgan bo‘lsang, endi yaxshiliklaridan so‘z och. Oldin xafa qilgan bo‘lsang, endi sevintir. Shoyad, ularni rozi qilib, najot topsang, – dedi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.1K viewsedited  06:03
Ochish/sharhlash
2023-09-28 21:06:08 “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovi gʻoliblari bilan tanishing:

1) Nargiza Tovboyeva — SamDU talabasi

2) Feruzabonu Maxtubova — Buxoro, Shofirkon tumani 11-maktab o‘qituvchisi
2) O‘rolova Sevinch — JDPU talabasi

3) Shohista Kurbonova — TerDPI talabasi
3) Komila Xolmatjonova — FarDU talabasi
3) Musayeva Zulayho — TerDU talabasi

4) Fayzullayev Asror — O‘rta Chirchiq 2-son Kasb-hunar maktabi o‘quvchisi
4) Shoxida Najimova — TDPU talabasi
4) Suyunova O‘g‘iloy — Surxondaryo, Sherobod tumani 60-maktab o‘qituvchisi
4) Eshpo‘latova Malika — Navoiy, Karmana tumani 3-maktab 8-sinf o‘quvchisi
4) Matluba Amonova — NavDPI talabasi
4) Dexkanova Gulnoza — TDIU SF magistranti
4) Xosiyat Xolmurodova — uy bekasi (Surxondaryo)
4) Chorshanbiyeva Farida — DTPI talabasi
4) Satimova Laylo — NamDPI talabasi
4) Mulkamanova Nasiba — uy bekasi

5) Qurbanova Zuhra — uy bekasi (Samarqand)
5) Shoxsanam Shaminova — TerDPI talabasi
5) Olimjon Abdurashidov — “O‘zagroinspeksiya” Jizzax viloyati boshqarmasi inspektori
5) Xo‘janazarova Gulhayo — Toshkent, Olmazor tumani 134-maktab o‘qituvchisi
5) G‘olib Abdusalomov — O‘zMU talabasi
5) Zikrilloxon Obbosxonov — O‘zMU talabasi
5) Elyor O‘rolboyev — TIQXMMI MTU talabasi
5) Hafizaxon Abduahadova — Qashqadaryo, Shahrisabz tumani 42-maktab 9-sinf o‘quvchisi
5) Raxmatova Mahliyo — uy bekasi (Navoiy)
5) Valiyeva Sitoraoy — SamDU talabasi
_______________________

Nizomga ko‘ra tanlov g‘oliblari “Naqshi” do‘koni tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin – Smart Qur’on spiker qurilmasi;
2-o‘rinlar – Lampali Qur’on kitob qurilmasi va tajvidli mushaf;
3-o‘rinlar – Sovg’alar to‘plami hamda Qur’on kitob;
4-o‘rinlar – 5 tadan kitoblar to‘plami;
5-o‘rinlar – 3 tadan kitoblar to‘plami.
Bundan tashqari tanlovning “Eng faol targ'ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari ham nizomda yozilganidek taqdirlanadi.

Nominatsiya g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda test ishlash jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilar onlayn sertifikat bilan taqdirlanadi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
18.9K viewsedited  18:06
Ochish/sharhlash
2023-09-28 09:33:21


Bugun 28-sentabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni.

Butunjahon dengiz kuni.
Ushbu kun dengiz sanoatining ahamiyatini va uning jahon savdosi va transportidagi rolini targ'ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar orqali nishonlanadi.

Bryusselda dunyodagi birinchi lombard ochildi (1618).

Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on tumani hamda Namangan viloyatidagi Pop tumani tashkil etilgan (1926) .

Butunjahon kar va soqovlar federasiyasi tuzildi (1951).

O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilgan kun (1991).

BMT Bosh Assam­bleyasining 48-sessiyasida mamlakatimizning Bi­rinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi (1993).

Qadimgi xitoy faylasufi, dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan biri Konfutsiy tavallud topgan (mil. av. 551).

Italiyalik mashhur rassom Karavajo Mikelanjelo tavallud topgan (1573).

Qozoq sovet yozuvchisi, dramaturg, olim Muxtor Ayvezov tavallud topgan (1897).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
16.7K views06:33
Ochish/sharhlash
2023-09-27 19:00:00 Diqqat! Test bo‘yicha 129 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi! Barcha ishtirokchilar natijalari Ushbu ishtirokchilar @mrkitobadmin profiliga ertaga 15:00 ga qadar quyidagi ma’lumotlarni yozib yuborishlari so'raladi:…
13.5K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-09-27 12:03:27
Kitob haqida maqollar:

Kitob ko’rmagan kalla – giyoh unmagan dala.
Kitobsiz aql – qanotsiz qush.
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir.
Kitob xazina, bilim boylik
Kitobdan yaxshi do’st yo’q.
Bitta kitob ming kishini o’rgatadi.
Kitoblar bilan bilish – bu aql-idrokka ega bo’lishdir.
Yaxshi kitob yulduzchadan ko’ra yorqinroq porlaydi.
Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o’xshaydi.
Do’stni qanday tanlash kerak bo’lsa, kitobni shunday tanlang.
Oltin yerdan, bilim esa kitoblardan qazib olinadi.
Kitob bilim olamiga, orzular olamiga ko’prikdir.
Kitob – bu kichik deraza, u orqali butun dunyoni ko’rish mumkin.
Kitob – eng yaxshi sovg’a!

Kitob haqida maqollarni davom ettirish esa sizdan...

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
22.1K views09:03
Ochish/sharhlash