Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.45K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-04-10 20:07:58
Shaxsiy rivojlanishga oid foydali kitoblar ro'yxati

Mutolaa hamisha insonning rivojlanishida muhim vosita hisoblanadi. Ushbu 5 ta kitob ham qaysi sohada bo'lmasin, barchaga birdek manfaatli bo'lishiga ishonamiz.

Kitoblarni tavsiya qilmoqchi bo'lgan do'stlaringizga ushbu postni yuborib qo'ying.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.6K views17:07
Ochish/sharhlash
2024-04-09 16:08:04
Bugun Amir Temur tavalludiga 688 yil toʻldi

Amir Temur tavallud topgan kun arafasida 1402-yil Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jang sahnasi sun’iy intellekt yordamida qayta tiklandi.

Amir Temur, uning o‘g‘illari Shohruh Mirzo va Mironshoh, shuningdek, 20 yoshli nabirasi Abu Bakr Mirzolarning tasvirlari sun’iy intellekt — Midjourney yordamida qayta tasvirlandi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.3K views13:08
Ochish/sharhlash
2024-03-28 13:00:08
#qisqa_hikoyalar

Bajarilmas vaʼda
– Menga qachon velosiped olib berasiz, hamma joʻralarimda borku.
– Maktabdan “5” baho olib kelsang olib beraman.
– “Muallim, menga «5” qoʻymang, iltimos», derdi, kambagʻal otasining vaʼdasi bajarilmay, qisinib qolishini istamagan bola.
Tazabay Yuldashev
_________________________________

Yolgʻon
Onam tashvish qilmasin, deb kasalligini ancha vaqt yashirib yurdi. Attang, jonsiz tanasini yashirolmasligini tushunguncha kech boʻlgandi...
Meyrambek Abdiqaliyev
_________________________________

Xato
Onasiga har doim aralashmang, derdi. Keyin birdan jimib qoldi... Boshqa bunday demayman, dedi. Endi bunday demasligi aniq... U qabr ustiga gul qoʻygancha uyiga qaytdi.
N.Qidirniyazov
_________________________________

Orzu
24 yoshli yigitning aytgan gapi: “Katta boʻlsam men ham shunaqa mashina olaman”...
Ikrom Bekberdiyev
_________________________________

Deputat
Deputatlarimizdan biri konferensiyada chiqib maqtandi: “Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlatning biri”. Biroq, u avtomobil olish uchun byudjet xodimi 28 yil maoshini yemay-ichmay yigʻishi kerakligini aytmadi.
Marat Mamutov

Qoraqalpoq tilidan Nodirbek Yoʻldosh oʻgirdi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
12.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2024-03-27 14:56:24
Kitobga o‘rgatish metodi

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.8K views11:56
Ochish/sharhlash
2024-03-25 07:32:47


Bugun 25-mart dushanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – Xalqaro bedarak yo‘qolgan va qamoqda ushlab turilgan xodimlar bilan birdamlik kuni.
Yevropa Ittifoqi – Yevropa Ittifoqi iste'dodlari kuni.
Sloveniya – Onalar kuni.
Yangi Zelandiya – Armiya kuni.
Ukraina – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
Rossiya – Madaniyat xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
421 – Venetsiya shahriga asos solingan.
1655 – Kristian Hugens Saturnning yoʻldoshi – Titanni kashf qildi.
1992 – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etildi.
2002 – Epilepsiya geni aniqlandi.

#tavalludlar
1611 – Avliyo Chalabiy (1642) – turkiyalik mashhur sayyoh va  arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (poetika) ni chuqur egallagan olim. 
1947 – Ser Elton John – ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavis, pianinochi va bastakor. 
1951 – Sa’dulla Hakim – o‘zbek shoiri.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.8K viewsedited  04:32
Ochish/sharhlash
2024-03-23 09:39:47
Kitoblar — xilma-xillik olamiga yo‘l

Kitoblar o‘qish hayotimizga cheksiz bilimlar, turli qarashlar va sarguzashtlar olib kiradi.

Har bir kitob yangi dunyolarni ochadi, o‘ziga xos tajribalar va donishmandlikka yo‘l ochadi. Kitoblar bizni o‘sishga, yangi narsalarni so‘rashga va kengroq dunyoqarashga ega bo‘lishga undaydi.

Ko‘plab kitoblar o‘qish bu umrbod ta’lim va o‘z-o‘zini rivojlantirishning bir qismidir, bu esa hayotimizni boyitadi va bizni yaxshiroq insonlarga aylantiradi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.9K views06:39
Ochish/sharhlash
2024-03-21 11:13:01


Bugun 21-mart payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro Navro‘z bayrami.
Butunjahon she'riyat kuni.
Butunjahon qo'g'irchoq teatri kuni.
Arab dunyosi – Onalar kuni.
AQSh – Milliy qayta tiklanadigan energiya kuni.
Belgiya, Lesoto, Portugaliya – Daraxt ekish kuni.
Suriya – Oʻqituvchilar kuni.

#muhim_voqealar
1846 – Belgiyalik Adolf Saks saksofonni patentladi.
1871 – Otto fon Bismark Germaniya Kansleri etib tayinlandi.
2006 – Jek Dorsi o‘zi yaratgan “Tvitter” ijtimoiy tarmog‘idan ilk xabarni jo‘natdi.

#tavalludlar
1685 – Iogann Sebastyan Bax (1750) – buyuk nemis kompozitori, mash'hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi.
1851 – Ismoilbek Gasprinskiy (1914) – Jadidchilik harakatining asoschisi.
1922 – Nazokat Neʼmatova (2002) – Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
1941 – Abdulla Oripov (2016) – atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni.
1980 – Ronaldinyo – braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (2002).
1991 – Antuan Grizmann – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018 yil).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.7K views08:13
Ochish/sharhlash
2024-03-18 07:42:24


Bugun 18-mart dushanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Butunjahon qayta ishlash kuni.
Italiya – Covid-19 qurbonlarini xotirlash kuni.
Mongoliya – Erkaklar va harbiylar kuni.

#muhim_voqealar
1662 – Parijda birinchi jamoat transporti – 8 kishilik kareta paydo bo‘ldi.
1869 – Dmitriy Mendeleyevning Kimyoviy elementlar davriy sistemasi eʼlon qilindi.
1898 – Nemis muhandisi Rudolf Dizel ichki yonuv dvigatelini ixtiro qildi.
1931 – AQShda birinchi elektr ustara ishlab chiqarildi.
1949 – NATO tashkiloti tuzildi.
1965 – Aleksey Leonov insoniyat tarixida birinchi marta ochiq fazoga chiqdi.

#tavalludlar
1075 – Abdulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jorulloh Zamaxshariy (1143)– Xorazm ilm-fan va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk siymo, arabshunos olim, shoir, yozuvchi va imom.
1858 – Rudolf Dizel (1913) – nemis muhandisi va ixtirochisi, ichki yonuv dvigatelini yaratgan.
1918 – Zuhriddin Nuriddinov (1988) – tarixchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.4K views04:42
Ochish/sharhlash
2024-03-16 10:26:24


Bugun 16-mart shanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro sport avtopoygalari kuni.
Selfilarsiz kun.
Litva – Kitob kontrabandachilari kuni.
Qozog‘iston – Respublika gvardiyasi kuni.

#muhim_voqealar
1926 – Amerikalik konstruktor Robert Goddard birinchi suyuq yonilg'i bilan ishlaydigan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi.
1936 – birinchi sovet yo'lovchi avtomobili – M-1 limuzini Gorkiy avtomobil zavodining konveyeridan chiqarildi.
1992 – Oʻzbekiston Meksika, Gruziya va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.

#tavalludlar
1787 – Georg Simon Om (1854) – nemis fizigi.
1839 – Fransua Syulli-Pryudom (1907) – fransuz shoiri, adabiyot sohasidagi 1-Nobel mukofoti sohibi (1901).
1853 – Genrix Kayzer (1931) – nemis fizigi, yer atmosferasida geliy mavjudligini topgan.
1859 – Aleksandr Popov (1906) – rus fizigi, radio ixtirochisi.
1884 – Aleksandr Belyayev (1942) – rus sovet fantast yozuvchisi.
1906 – Tamaraxonim (1991) – O’zbekiston xalq artisti, o’zbek professional raqsi asoschilaridan.
1930 – Nuriddin Shukurov (1995) – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.1K views07:26
Ochish/sharhlash