Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 22

2023-09-25 13:31:01
Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi — Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor — O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu — Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik — Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi, Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt — Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.7K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-09-23 16:51:56 Hamma narsa o‘zi aksiga bo‘ladi-da (erinmasdan oxirigacha o‘qisangiz...)

Sentabr oyida o‘tkazayotgan kitobxonlik tanlovimizda test boshlanganidan beri tushunmovchiliklar ko‘payib ketdi. Biz har doimgidek imkon qadar tanlovni adolatli, hamma uchun qulay tarzda o‘tkazishga harakat qilyabmiz. Ammo, bizga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan ayrim faktorlar ham uchramoqda...

Telegramda shu kunlarda yangilanishlar ko‘paygan, misol uchun kechagina kanalda story qo‘yish funksiyasi qo‘shildi. Har bir yangilanish oldidan ilovani ishlashida qotib qolishlar kuzatiladi, botlar ishlamay qoladi. Aynan shu hodisa bizning test ishlash vaqtimizga to‘g‘ri kelib qoldi. Ba’zida testlarga kirmay qolish holati ham menimcha shu yangilanishlarga bog‘liq (chunki oldingi tanlovlarimizda bunday holat bo‘lmagandi).

Bundan tashqari, ushbu tanlovda barcha qatnashishiga imkon berilgan, bu esa tabiiyki yangi (talaba bo‘lmagan) ishtirokchilar ko‘payishiga sabab bo‘ldi va tanlovimizda ilk marta qatnashayotgan ishtirokchilar tanlov tartibiga yaxshi tushunishmadi (menimcha bunga o‘zlari aybdor, chunki tanlov nizomida barchasi yozilgan edi, aksar ishtirokchilar nizomni o‘qishga eringan).

Tashkilotchi jamoamda ham bu safargi tanlovda biroz muammolar bor. Ba’zi jamoamiz a’zolari o‘ziga yuklatilgan vazifani vaqtida bajara olmagani sababli ham ba’zi savollarda xatoliklar uchramoqda. Menimcha tashkilotchi jamoamizga yangi, ishtiyoqli, yangi a’zolarni olishimiz kerakdir...

Shu vaqtgacha o‘tkazgan 4 ta kitobxonlik tanlovlarimiz haqida ko‘pchilik ijobiy fikrda (1-tanlov; 2-tanlov; 3-tanlov va 4-tanlov). Asosiysi obunachilarimiz bizga ishonishadi, biz ham ularning ishonchini shu paytgacha suiste’mol qilmaganmiz va qilmaymiz ham. Bu tanlovda ham test ishlashning so‘nggi kunida hammaning natijalarini qayta hisoblaymiz va qaysidir savolga bot ball bermay ketgan bo‘lsa, ball qo‘shib beramiz, ko‘nglingizni cho‘ktirmang.

Tanlovimizda halol qatnashmaydigan ishtirokchilar doim topiladi, bu safargi tanlovda ham uchradi (“Halol luqma” kitobini o‘qib turib ham, tanlovda halol qatnashmasa bilmadim endi yana nima qilish kerak), shunchaki ularni kanalga e’lon qilmadim, o‘zlariga yozib chetlatildim. Tanlovda aksariyat ishtirokchilar moddiy manfaat uchun qatnashadi, qanaqqilib bo‘lsa ham yutib, usha qimmatbaho sovg‘ani olsa... Lekin har bir ishni javobi borligini unitishadi, menimcha...

Yuzaga kelayotgan kamchiliklar uchun barcha ishtirokchilardan tanlov bosh tashkilotchisi sifatida uzr so‘rayman. Tanlov o‘tkazish oson ish emas, ayniqsa, kamida 50 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashsa...

Lekin ayrim ishtirokchilarning tanlov o‘rinlari sotilgan, eplasalaring tanlov qillaring, qo‘lingdan kelmasa boshlab nima qilasan, baribir tanishlaring yutadi, tanlov adolatli bo‘lmayabdi degan fikrlari biz tashkilotchilarga, jumladan o‘zimga qattiq ta’sir qilyabdi. Hamma narsada chegara bor va bu muammolarning barchasini hal qilsa bo‘ladi. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bo‘lmasa, faqat tanqidlar qattiq ta’sir qilyabdi. Men ham odamman, sabrni ham chegarasi bor...

Izzatxo‘ja Asomiddinov
13.3K viewsedited  13:51
Ochish/sharhlash
2023-09-23 14:37:00 “Kitobxon yoshlar” tanlovi “Eng faol tanlov targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari bilan tanishing:

1) Abdujalilov Jahongir (***4646) — 889 referal

2) Abdullayev Islomjon (***4748) — 796 referal
2) Bekzod Norboyev (***1555) — 748 referal

3) San’atjon Latipov (***3468) — 699 referal
3) Mirzatillayev Akramjon (***0950) — 526 referal

4) Komila Xolmatjonova (***2005) — 455 referal
4) Muhammadziyo Mamasodiqov (***4221) — 254 referal
4) Omonov Shoxrux (***1727) — 246 referal
4) Zebiniso Meyliyeva (***8372) — 199 referal

5) Rahimov Mironshoh (***3441) — 184 referal
5) Asilbek Madolimov (***8689) — 149 referal
5) Xolmurodova Shaxnoza (***9616) — 140 referal
5) Bekmurodova Ruxshona (***8108) — 136 referal
5) Abdulxay Mamadaliyev (***6406) — 127 referal
5) Xolmurodova Shohista (***7252) — 126 referal
5) Jo‘raboyeva Gulinavro‘z (***5640) — 126 referal
5) Sayfullayeva Dildora (***7705) — 121 referal
5) Absalamova Irodaxon (***9691) — 119 referal
5) Samandarov Ortiqboy (***9617) — 115 referal
5) Yuliboyev Burxonjon (***1404) — 110 referal

(***xxxx) — bu yerda g‘oliblarning telefon raqamining oxirgi 4 raqami ko‘rsatilgan, ism-familiyasi o‘xshash ishtirokchilar bo‘lib qolsa, ajratib olish uchun.

Nizomda belgilanganidek, referal bo‘yicha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda “Naqshi” do‘koni tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlanadi.

Sovg‘alarni ko‘rish (nizom)

DIQQAT! Referal bo‘yicha 20 nafar g‘oliblar @mrkitobadmin profiliga doimiy ishlaydigan telefon raqami, o‘qish yoki ish joyi (to‘liq ko‘rsatilsin) hamda ayni damdagi yashash manzilini (to‘liq ko‘rsatilsin) yozib yuborsin.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.2K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-09-22 17:09:02
Alifbo islohoti — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilindi

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda OʻzA muxbiri xabar bermoqda.

Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz oʻzgartirish taklif etilmoqda:

Oʻ => Õ õ
Gʻ => Ğ ğ
Ch => S s
Sh => Ş ş

Bu o'zgarishlar qanchalik to'g'ri deb hisoblaysiz?

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
16.0K views14:09
Ochish/sharhlash
2023-09-22 13:05:40
“Haqiqat TV” filmi “48 HOUR FILM RACE” festivalida “Eng yaxshi komediya” deb topildi

Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan “48 HOUR FILM RACE” festivalida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan “Haqiqat TV” nomli qisqa metrajli film “Eng yaxshi komediya” yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Ma’lumot uchun, bu festival doirasidagi filmlar 48 soat ichida tayyor holatga keltiriladi, davomiyligi 4 daqiqa atrofida bo‘lishi kerak. Joriy yildagi film shartiga koʻra filmda quyidagilardan foydalanish talab etilgan:
kloun (masxaraboz) personaji;
koʻprik;
“Bu hali hammasi emas” iborasi.

Film haqidagi fikrlaringizni kommentda kutaman. Ha aytgancha, ... tshshsh... haqiqat...

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.5K viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2023-09-22 09:37:01 Telegramdagi barcha botlar ishlashida muammo yuzaga kelmoqda. Hatto @clickuz, @btsrobot, @loookuzbot kabi katta brendlarning ham botlari yaxshi ishlamayabdi. Muammo bizdan emas, Telegram serveridan kuzatilmoqda. Hozircha testni ishlamay turganingiz yaxshi...
12.6K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2023-09-21 17:08:52
Muammo yechimi topildi! (menimcha...)

Testlarni ishlash Telegram ilovasida ishlamayabdi, lekin Telegram Plusda ishlayabdi!

Agar sizda ham testlar chiqmay, muammo bo‘layotgan bo'lsa, Play Marketdan Telegram Plus ilovasini o‘rnating va profilizni ochib, test ishlashga urinib ko‘ring. Xudo xohlasa shu ish beradi (sinab ko‘rdik).

Telegram Plusni o‘rnatish

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.4K viewsedited  14:08
Ochish/sharhlash
2023-09-21 16:11:12
Bizga kelgan xabarlarga ko‘ra ba’zi ishtirokchilarimiz “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosganda, testlar chiqmay mana shunday bo'sh sahifa ochilib turgan ekan.

Bu bo'yicha 10 dan ortiq e’tirozlar kelib tushdi. Ochig‘i nima sababdan bunday bo‘layotganini tushuna olmayabmiz, bizda mavjud 10 dan ortiq profillarda bunday holat kuzatilgani yo‘q.

Shu sababli ayni damda Toshkent shahrida bo‘lgan qaysidir ishtirokchida mana shunday holat yuz berayotgan bo‘lsa, iltimos @mrkitobadmin profiliga aloqaga chiqsangiz. Sizni ofisimizga taklif qilib, muammoni hal qilish chorasini ko‘rar edik va shu ishni orqasidan boshqa ishtirokchilardagi nosozliklar ham bartaraf etilishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lar edingiz.

Yordamingizni ayamaysiz degan umidda, hurmat bilan Izzatxo'ja!
12.8K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2023-09-21 09:19:36
Savollar chiqishi uchun @naqshiuzbot ga kirib, /start so'zini xohlasangiz klaviaturada yozib yuboring yoki yuqoridagi rasmdagidek tanlang.

/start berilgandan keyingina savollar chiqadi. Ungacha savollarni ishlay olmaysiz!

Shunda ham savollar chiqmasa, demak siz Telegram versiyasini yangilashingiz kerak.
13.4K viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2023-09-21 06:51:37


Bugun 21-sentabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro tinchlik kuni.
Xalqaro tinchlik kuni tinchlik nafaqat urushning yo‘qligi, balki totuvlik, adolat va tenglik holati ekanligini eslatib turadi. Bu kun 1981-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan butun dunyoda tinchlik va zo‘ravonlikdan voz kechishni targ‘ib qilish maqsadida ta’sis etilgan.

Butunjahon Altsgeymer kuni.

Qoraqalpogʻistondagi Urgʻin gaz koni foydalanishga topshirildi (1995).

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi (2021).

Amerikalik yozuvchi, dahshatlar, triller, qo'rquv, fantastika, mistika janrlari ustasi Stiven King tavallud topgan (1947).

Teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Saida Rametova tavallud topgan (1956).

Zamonaviy fransuz esseisti, publistist va kinorejisyor Frederik Bigbeder tavallud topgan (1965).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.8K views03:51
Ochish/sharhlash