Get Mystery Box with random crypto!

#iqtibos Ba’zi odam umrida bir marta, faqat bir martagina ro | Birga kitob o'qiymiz

#iqtibos

Ba’zi odam umrida bir marta, faqat bir martagina ro‘yi-rost turib “olg‘a!” deyish uchun tug‘iladi, uzoq ham yashamaydi. Modomiki, shunday ekan, umrning uzun-qisqasi yo‘q.

Dunyoga kelib, bir shamcha yalt etib ketmagan umr umrmi? Odamdan “Qancha yashading?” deb emas, “Dunyoga kelib nima qilding?” deb so‘rash to‘g‘ri bo‘ladi.

Birov butun bir kitob yozadi... Boshqa birov “ship” etgan tovush eshitsa, kirpiga o‘xshab boshini ichiga olib yashaydi... Eh, hayot, hayot! Naqadar murakkab narsa! Men shu hayot kitobiga bir vergul qo‘yolsam, jon derdim.

Shuhrat "Oltin zanglamas" kitobidan

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling