Get Mystery Box with random crypto!

​​Bu kitob har bir qizning sumkasida bo'lishi kerak Hech o' | Birga kitob o'qiymiz

​​Bu kitob har bir qizning sumkasida bo'lishi kerak

Hech o'ylab ko'rganmisiz? Masjidda insonlarga din ahkomlarini o'rgatuvchi, hayoti ibrat olishga arziydigan imomning qizi modelyer bo'lishi mumkinmi? Ha, to'g'ri o'qidingiz, turli kiyimlarni kiyib, insonlarga ko'z-ko'z qiluvchi modelyer. Bu savolga "yo'q" deyishga aslo shoshilmang. Hayotda har nima bo'lishi mumkin.

Inson zotiga qanchalik ko'p chegara qo'ysangiz, u shu chegaradan chiqishga harakat qilaveradi. Chegaradan tashqaridagi hayotga qiziqishi ortaveradi. Chegaradan chiqib, adashganini his qilganida esa kech bo'lishi mumkin.

"Birga kitob o'qiymiz" loyihasining 2-sonida aynan yuqorida ta'riflangan asar tilga olingan. Ming marta eshitgandan ko'ra, bir marotaba ushbu kitobni o'qigan afzal deya, bugungi premyera soat 20:00 da bo'lishini eslatib o'tmoqchimiz.

YouTube'da videoni ko'ring, like bosing va fikringizni yozib qoldiring. 3 kun ichida yozilgan eng yaxshi izoh muallifi aynan shu kitobni qo'lga kiritadi.

Premyerani ko'rish:



YouTube sahifamizga obuna bo'lib, ushbu postni do'stlaringizga ulashishni unutmang,