Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 18-aprel payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bil | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 18-aprel payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar kuni.
Butunjahon radio havaskorlari kuni.
O‘zbekiston – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni.
Polsha – Koma bilan kasallanganlar kuni.
Ukraina – Tarix va madaniyat yodgorliklari kuni.
Yaponiya – Ixtirolar kuni.
Eron – Armiya kuni.

#muhim_voqealar
1775 – AQSh mustaqilligi uchun kurash boshlandi.
1793 – Yuqori Kanadada birinchi gazeta nashrlari chiqa boshladi.
1846 – Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi.
1853 – Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi. (Bombay-Tanna 36 km).
1881 – Londonda tabiat muzeyi ochildi.
1923 – «Dinamo» sport jamiyati tashkil etildi.
1924 – Moskvada muntazam avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi.
1925 – Xalqaro radiohavaskorlar ittifoqi tuzildi.
2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Donbass uchun janglar boshlandi.

#tavalludlar
1839 –Genri Kendall (1882) – “Avstraliyaning milliy shoiri” nomini olgan shoir.
1907 – Bulatov Mitxat – memor, tadqiqotchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan binokor (1970).
1917 – Georgiy Vitsin (2001) – mashhur komik aktyor, SSSR xalq artisti.
1930 – Natan Aidelman – sovet yozuvchisi, tarixchi, adabiyotshunos.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling