Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.04K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2023-09-20 20:11:32
DIQQAT ERTADAN TEST ISHLASH BOSHLANADI!

Testni ishlash uchun ertaga 11:00 dan keyin @naqshuuzbot ga kirib /start so‘zini yozib yuborasiz (/ – shu qiyshiq chiziqcha esdan chiqmasin). Botga /start bosish majburiy, bo‘lmasa test chiqmaydi!

Testni ushbu @naqshiuzbot orqali ishlaysiz.
Tanlov testlari ertaga soat 11:00 da boshlanadi.
Siz har kuni 23:59 ga qadar 30 ta testni ishlashingiz kerak bo‘ladi.
Testlarni ishlash uchun siz kamida +5 referal ballga ega bo'lishingiz kerak.
Testlarni yarmini oldin, qolgan yarmini keyinroq ishlash mumkin emas, bittada 30 ta ishlanadi!
Testni kun yakuniga qadar xohlagan vaqtingizda ishlay olasiz. Xohlasangiz 15:00 da, istasangiz 22:00 da, o‘zingizga maqbul vaqtda ishlasangiz bo‘ladi.
Har bir test uchun 50 soniya vaqt beriladi.
Bugun testlarni ishlay olmasangiz, ertasiga bugungi testlarni ham qo‘shib ishlay olmaysiz!

Tanlov bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa ushbu post kommentariyasiga yozib qoldiring, ertaga hammasiga batafsil javob beraman.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.6K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2023-09-20 08:19:18


Bugun 20-sentabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Muhammad s.a.v va uning izdoshlari Makkadan Madinaga ko'chishdi (622).

Birinchi Kann xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi (1946).

Yuqori energiyali nurlanishni qayd etish uchun orbitaga astronomik rasadxona chiqarildi (1979).

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zladi (2023).

Rus dengizchi, Antarktidani kashf etganlardan biri Faddey Bellinsgausen tavallud topgan (1778).

Amerikalik fantast yozuvchi, ssenariychi, produser va muharrir George Raymond Richard Martin tavallud topgan (1948).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.9K views05:19
Ochish/sharhlash
2023-09-19 14:13:12
Katta mamlakatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar uchrab turganidek, @naqshi do‘koni bilan hamkorlikda tashkil qilgan tanlovimiz nizomida biroz xatolik ketibdi.

Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasida referal ball yig‘ish test ishlashning ilk kuni (22-sentabr) soat 23:59 ga qadar davom etadi deb yozilgan. Aslida esa test ishlashning ilk kuni 21-sentabr bo‘ladi. Shu sababli tanlov nizomini to‘g‘irlab qo'ydik va referal yig‘ish bo‘yicha natijalar 22-sentabr 23:59 da yakunlanishini e‘lon qilamiz. Test ishlash jarayoni esa 21-sentabr kuni soat 10:00 da start oladi!

Eng ko‘p referal yig‘gan 20 nafar ishtirokchilar kitoblar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Referal ball bo‘yicha video qo‘llanmani ko‘rish

Bu o‘tgan tanlovdagi video (ya‘ni bu tanlovda sovg‘alar boshqa), lekin referal yig‘ish tartibi bir xil. Referal haqida tushunmasangiz ko‘k yozuvni bosib, videoni ko‘ring.

Tanlovda ishtirok etish uchun @naqshiuzbot ga kirib ro‘yxatdan o‘ting va tanlovga ko‘proq do‘stlaringizni taklif qiling.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.4K viewsedited  11:13
Ochish/sharhlash
2023-09-19 08:10:08
Yangiliklar 24 | «Kitobxon yoshlar ligasi» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston24 telekanali nigohida

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.3K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-09-19 07:07:56


Bugun 19-sentabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon tozalik kuni!
Ushbu gʻoya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50.000 koʻngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar. Bugungi kunda esa bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatga aylandi.

Smaylikning tug‘ilgan kuni.
1982-yil Mellona Skott Falman birinchi marta uch belgidan iborat bo’lgan smaylikni foydalanish uchun taklif etdi.

Fransuz olimi Blez Paskal atmosfera bosimi mavjudligini isbotladi (1648).

Strasburg-Bazel birinchi xalqaro temir yo'li qurildi (1841).

Nyu-Yorkda Mikki Maus multfilmning premyerasi bo'lib o'tdi (1928).

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi (2017).

Angliyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi Uilyam Golding tavallud topgan (1911).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.0K views04:07
Ochish/sharhlash
2023-09-18 08:20:03


Bugun 18-sentabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro elektron kitoblarni o‘qish kuni.

Butunjahon suv sifatini nazorat qilish kuni.

Eron – Fors adabiyoti va she‘riyati kuni.

AQSh prezidenti Jorj Vashington Kapitoliyga asos solgan (1793).

New-York daily times nashri o'z nomini o'zgartirdi va hozirda dunyoga mashhur New-York Times gazetasiga asos solindi (1851).

O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘ldi (1993).

Yaponiyada viruslarni, shu jumladan cho'chqa grippini yo'q qiladigan doimiy antiseptik ixtiro qilindi (2009).

Yorug'lik tezligini hisoblagan fransuz fizigi, giroskop va Fuko mayatnigini yaratgan Jan Bernar Leon Fuko tavallud topgan (1819).

Shoir, yozuvchi va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri Sobir Abdulla tavallud topgan (1905).

Oʻzbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist Komil Allamjonov tavallud topgan (1984).

Oʻzbekistonlik shaxmatchi, Xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov tavallud topgan (2004).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
16.1K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-09-17 16:44:39
"Kitobxon yoshlar ligasi" tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi Zo'rTV telekanalining "Bu kun" informatsion dasturi nigohida

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.1K viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2023-09-16 08:33:08 Ayni damda bizda yana bir kitobxonlik tanlovi davom etayotganidan xabaringiz bormi?

Ushbu tanlovda qatnashish uchun @naqshiuzbot ga kirib, ro'yxatdan o'qing va vazifa qilib berilgan O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” hamda Rauf Jilasunning “Halol luqma” asarini o'qishni tezroq boshlang. Test savollari 21-sentabrdan boshlanadi, atigi 5 kun qoldi!

Kitoblarni o'qib bo'lganlar bormi? Taassurotlaringiz qanday?
17.5K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-09-16 08:28:55


Bugun 16-sentabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

BMT – Xalqaro ozon qatlamini saqlash kuni.
Ozon qatlami bu yerni quyosh nuri halokatini ta'siridan asrab sayyorada hayotni saqlab qolishga yordam beradi. Agar ushbu qatlam yupqalashsa yerdagi barcha tirik jonzotlarga biosferaga xavf tug'iladi. Insonga ultrafiolet nurlarning tushishidan teri saratoni, ko'rlik va boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Dasturiy ta'minot erkinligi kuni.

“General Motors” kompaniyasiga asos solindi (1908).

Bahouddin Naqshbandning 675 yillik yubileyi nishonlandi (1993).

Toshkentda O’zbekiston FA ning Ulug’bek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligi tantanali nishonlandi (1998).

Temuriy shahzoda Shohrux Mirzo va Gavharshodbegimning o’g’li Boysung’ur tavallud topgan (1397).

O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, tarixchi,  sharqshunos olim Aleksandr Semyonov tavallud topgan (1873).

“Mersedes” avtomobiliga nomi berilga qizaloq Mersedes Yellenik tavallud topgan (1889).

Yumorist yozuvchi, qiziqchi, teleboshlovchi, Rossiya Xalq artisti Yevgeniy Petrosyan tavallud topgan (1945).

Oʻzbek xonandasi va aktrisa Rayhon Gʻaniyeva tavallud topgan (1978).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.3K views05:28
Ochish/sharhlash
2023-09-13 20:30:09
Yaxshi inson bo‘lish uchun ko‘p narsa kerak emas – ta’sirli rolik!

Tan olaylik, kimgadir yaxshilik qilish orqali hechnarsa yo‘qotmaymiz. Ehson qilsak kambag‘al bo‘lib qolmaymiz.

Yaxshilik qilish orqali erishadigan yagona narsamiz bu – hissiyotlar!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
14.5K views17:30
Ochish/sharhlash