Get Mystery Box with random crypto!

Kitobxonlarni 'Birga kitob o'qiymiz' loyihasiga taklif qilamiz | Birga kitob o'qiymiz

Kitobxonlarni "Birga kitob o'qiymiz" loyihasiga taklif qilamiz!

Talaba-yoshlar orasida kitob o'qishni targ'ib qilish hamda kitobxon yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Birga kitob o'qiymiz" loyihasiga start beramiz. Kitobxonlar o'zlari sevib mutolaa qilgan asarlarini ushbu loyiha orqali video-intervyu ko'rinishida boshqa kitobsevarlarga tavsiya qiladilar.

Loyihada barcha ishtirok etishi mumkin. Buning uchun o'zingiz sevib o'qigan va boshqalarga ham tavsiya qilmoqchi bo'lgan kitobingiz haqida quyidagi so'rovnomani to'ldirishingiz kerak bo'ladi.
So'rovnomani to'ldirish: https://forms.gle/LX1cep8FHmWw2dgZ7

Eng yaxshi javob egalari loyihamiz syomkasiga taklif qilinadi. Loyihada ishtirok etgan kitobxonlar tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar bilan, ko'rsatuv ijtimoiy tarmoqlarda premyera qilingach esa kommentlarda eng yaxshi izoh qoldirgan kuzatuvchilar kitoblar bilan taqdirlanadi.

Yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni targ'ib qilishga o'z hissangizni qo'shib, e'lonni do'stlaringizga ulashishing.