Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 24

2023-09-13 07:22:57


Bugun 13-sentabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro dasturchilar kuni.
Bu bayram dasturchilarning norasmiy bayrami hisoblanib, u miyaning 256 kunida nishonlanadi. 256 sonning tanlangani bejiz emas. Bu baytning miqdoriga teng.
Shu munosabat bilan jamoamiz dasturchisi, "Kitobxon yoshlar" tanlovi botlari muallifi Yorqin Abduqahhorovni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz, yanada yuqori natijalarga erishib, dasturlash orqali ko'plab insonlarni mushkulini oson qilishiga ishonamiz!

Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatish kuni
Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda, insonlarni hayotini saqlab qolishda tibbiy yordam hal qiluvchi omillardandir. Birinchi tibbiy yordamni ko'rsatishni har bir odam ham bilishi zarur.

Xalqaro shokolad kuni.

Buyuk Britaniyada birinchi marta jinoyat joyidan uning barmoq izlari ayblanuvchining aybiga dalil sifatida ishlatildi (1902).

Ingliz bakteriologi Aleksandr Fleming o'zining kashfiyoti - penitsillinni birinchi marta jamoatchilikka taqdim etdi (1929).

Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun. O’zbekiston Respublikasida badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofot (1989).

Mirzo Ulug’bek haykali va muzeyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi (2010).

Rassom, grafikachi, Oʻzbekiston xalq rassomi Cheprakov Konstantin tavallud topgan (1907).

Rossiyalik tabdirkor, dasturchi va jamoat arbobi, Yandex kompaniyasi asoschilaridan biri Ilya Segalovich tavallud topgan (1964).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
14.3K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-09-12 11:33:01
Uyg‘onish

U ishxonasi tomon ohista ketarkan, boshi uzra jilolanayotgan Quyoshga tashakkur degisi keldi. Axir ana shu oftob iliq nurlari bilan uyg‘otadi butun borliqni. Keyin o‘yga cho‘mdi: “Ayol ham quyoshga o‘xshaydi-ya!”

Umri ko‘z o‘ngida birma-bir jonlandi...

U go‘dak edi.
Bir mehribon ayol uni tongda uyg‘otardi: – Tur, bolaginam, bog‘changga kech qolyapmiz!

U bola edi.
Bir munis ayol tonglari uni uyg‘otar edi: – Tur, bolam, maktabingga kechikasan!

U yigit edi.
Bir mushtipar ayol uni ertalablari uyg‘otardi: – Uyg‘on, o‘g‘lim, o‘qishingga kechikyapsan!

U erkak bo‘ldi.
Sahar uni bir go‘zal ayol uyg‘otdi: – Turing, dadasi, ishingizga kech qolyapsiz!

"Ha, – dedi u shivirlab, – erkakni uyg‘otgani uchun ham Ayolga tashakkur!"

Mansur Jumayev

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
15.0K views08:33
Ochish/sharhlash
2023-09-11 18:05:03
Ma'rifatparvar jadidlarimizdan eslatmalar

Jadidlarimizning o'gitlari yoshlarning ilm yo'lidagi ravnaqiga ozgina bo'lsa-da hissa qo'shadi, degan umiddamiz

Eslatmalardan o'zingizga yaqin deb bilganingizni ulashishni unutmang.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.6K views15:05
Ochish/sharhlash
2023-09-10 19:02:02 #ibrat

Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi: yoshlik, sog‘lik, tinchlik.

Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...

Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

Hatto, bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!

Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.

Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

O‘tkir Hoshimov

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
14.3K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-09-10 18:01:22
Янгилик

“Суюкли Пайғамбаримиз билан 365 кун” китоби сотувда.

Ушбу китоб  Пайғамбаримиз Муҳаммад (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ҳаётларини содда, қисқа, қизиқарли услубда таништиради. Китобни ўқиш мобайнида суюкли Пайғамбаримиз ва саҳобаларнинг муборак ҳаётлари билан танишасиз.

Китоб:

"Ixlos" китоблар дўконида
+998909090070
етказиб бериш хизмати мавжуд
"Azon" китоблар дўконида
tel:+998998535550
етказиб бериш хизмати мавжуд
"Qamar" китоблар дўконида
tel:+998998454400
етказиб бериш хизмати мавжуд
"iBook" китоблар дўконида
tel:+998881181199
Чорсу китоб расталарида сотувда.
28.5K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2023-09-10 07:46:20


Bugun 10-sentabr haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon o'z joniga qasd qilishning oldini olish kuni.

Fashizm qurbonlarini xotirlash kuni.

DNK noyobligi – “genetik izlar” kashf etilgan (1984).

Anatoliy Karpov va Garri Kasparov o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon cheimpioni unvoni uchun musobaqa boshlanib, u rekord muddat – 5 oy davom etgan (1984).

BMT Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to'g'risidagi shartnomani tasdiqladi (1996).

Amerikalik faylasuf, mantiqchi, matematik, pragmatizm va semiotika asoschisi Charlz Sanders Pirs tavallud topgan (1839).

Taniqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi Rahmat Fayziy tavallud topgan (1918).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
14.3K views04:46
Ochish/sharhlash
2023-09-09 16:14:40
Kitobxonning holati emojilarda!

Smartfonlarda kayfiyatni ifodalash uchun turli emojilardan foydalaniladi.

@qamarbooks media jamoasi kitobxonlarning turli holatlariga mos tushadiganlarini tanlab chiqibdi.

Bular orasida qaysi emoji sizga nisbatan tanish? Bu haqda izohlarda yozib qoldiring!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
15.8K views13:14
Ochish/sharhlash
2023-09-06 14:22:18
#qisqa_hikoyalar

499 ta belgidan iborat hikoya
Narh-navolar koʻtarilib, ishlayvergandan qoʻllar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida u shunday eʼlon oʻqib qoldi: "500 ta belgidan iborat qisqa hikoya yoz. Tanlovda qatnash va gʻolib boʻl. Har harfi uchun 60 gepil".
Choʻntagidagi soʻnggi 20 gepikka sigareta olgandi. Ochligidan qorni cherkov qoʻngʻirogʻidek jaranglar, kun koʻrish qiyin, pul juda zarur edi.
Uyga keldi-yu, eski "Pentium-4" kompyuterining "Power" tugmasini oyogʻining bosh barmogʻi bilan bosdi. Yangi fayl ochdi. Klaviatura boʻm-boʻsh xonada ayovsiz faryod chiqara boshladi: "Narh-navolar koʻtarilib, ishlayvergandan qoʻllar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida..."
Rafiq Ahmad
_________________________________

Suiqasd
Onam meni ilk va soʻnggi marotaba tushida koʻrgandi. Oʻsha kuni tongni qon ichida qarshilab bolasini oʻldirib qoʻyganini angladi. Men na quyoshni, na deraza oynasida yomgʻir tomchilarini, na boshqa goʻzalliklarni koʻrdim. Men ehtiros va ishqdan yaraldim, otamning buyrugʻi bilan onam qabul qilgan qaror tufayli vafot etdim.
Husayn Husaynzoda
_________________________________

"Qayerdasan?"
11 yildirki oʻqishim tufayli ota-onam bilan birga yashamayman. Otam har kun qoʻngʻiroq qilib, "Qayerdasan" degan savolni soʻraydi. Salomlashmaydi, ahvolimni ham soʻramaydi. Hatto telefonimga uning nomini ota emas, "Qayerdasan" deb saqlab qoʻyganman. Undan qoʻngʻiroq kelarkan, hamisha qayerdaligimni bildiruvchi bahona oʻylab topishimga toʻgʻri keladi. Bir kuni kechasi soat oʻn bir yarimlarda otam yana telefon qildi. Doimgi savol yangradi. Oʻsha payt kayfiyatim yoʻq edi, jahl qilib "Feysbukdaman" deb javob qaytardim. U esa oʻylab oʻtirmay baqirdi: "Balo bormi feysbukda bu mahalda, chiq, darhol uyga bor!"
Hojiog'a Aliyev

Ozarboyjonchadan Rahmat Bobojon tarjima qildi

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
19.6K viewsedited  11:22
Ochish/sharhlash
2023-09-05 19:43:03


“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
18.0K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2023-08-31 22:30:30
Kitob o'qish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – bu bilan maqtanishing mumkin.

Bertrend Rassel

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
18.8K views19:30
Ochish/sharhlash