Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.39K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-04-13 12:37:09
Terma jamoamizning Yaponiyadagi mashg`uloti davom etmoqda

O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiya davlatida o’tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab bermoqda.

Обуна бўлинг Telegram
3.1K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:05:07
Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To‘rayevni tabriklaymiz!

Bugun o‘zbek sportiga mashhur sportchilar, xususan dzyudochilarni yetkazib bergan Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam aka To‘rayev tavallud ayyomlarini nishonlayaptilar.

Yuksak ma’naviyat va ma’rifat sohibi bir necha avlod dzyudochilariga ustozlik qildilar va bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Shogirdlari orasida Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov, Farhod To‘rayev, Kamol Murodov kabi mashhur dzyudochilarni alohida ta’kidlash joiz.

Rustam To‘rayev O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni, "El-yurt hurmati" ordeni hamda ko`plab ko`krak nishonlari va medallar bilan taqdirlanganlar.

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, dzyudochilar va ko`p ming sonli shogirdlari nomidan Rustam aka To‘rayevga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. Ilohim, ko‘p yillar farzandlar, nabirayu chevaralar, shogirdlar rohatini ko‘rib yuring.

Обуна бўлинг Telegram
5.7K views07:05
Ochish/sharhlash
2023-04-13 03:10:10
Ozgina hazil. Judo Uz ga chiqasizlar)))

Обуна бўлинг Telegram
6.6K viewsedited  00:10
Ochish/sharhlash
2023-04-13 02:59:46
O`zbekiston ayollar terma jamoasining Yaponiyadagi mashg`uloti davom etmoqda

Shu kunlarda O`zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiya davlatida o’tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab bermoqda.

Ma`lumot uchun, dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtdagi bir nechta davlat terma jamoalari ishtirokida o`tayotgan mashg`ulotlarni 21 aprelga qadar davom ettirishadi.

Обуна бўлинг Telegram
6.4K views23:59
Ochish/sharhlash
2023-04-12 11:07:53
Buxorolik dzyudochilar Osiyo Kubogida 9 ta medal qo`lga kiritishdi

Xabaringiz bor, 6-9 aprel kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo Ochiq Kubogi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Tojikiston, Qozog‘iston, Gruziya, Turkmaniston, AQSH, Gretsiya, Qirg‘iziston, Mo`g`uliston, O‘zbekiston davlatlaridan 700 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Osiyo Kubogi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 44 ta medal bilan faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Terma jamoamizning bu yutug‘iga Buxoro viloyati sportchilari o`zlarining 9 ta medallari bilan hissa qo`shishdi.

Oltin medal sohiblari:

-60 kg:
Zamaxshariy Bekmurodov
-81 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Hakimjon Mahkamov

Kumush medal sohiblari:

-40 kg:
Dilnoza Hamidova
-73 kg: Toshev Hojiakbar 73 kg
-100 kg: No‘mon Rajabov

Bronza medal sohiblari:

-100 kg:
To‘lqin Turdiyev
-48 kg: Sabina Azamatova
-70 kg: Mushtariybegim Afzalova

Обуна бўлинг Telegram
6.1K viewsedited  08:07
Ochish/sharhlash
2023-04-12 01:16:24
Abdulla Muradovni tabriklaymiz!

Bugun Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)da samarali faoliyat yuritib kelayotgan yurtdoshimiz, O‘zbekiston dzyudosi rivoji hamda xalqaro imidjiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan tajribali mutaxassis Abdulla Muradov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, hakamlar va dzyudochilar nomidan Abdulla Muradovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi katta dzyudo oilasi Abdulla Muradovning yurtimiz dzyudosiga qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi va uning kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
7.5K views22:16
Ochish/sharhlash
2023-04-11 20:55:32
Kun surati. Yulduzli tarkib!!!

Olimpiada hamda jahon chempionlari - Takato, Hashimoto, Abe, Iliadis, Bobonov bitta suratda...

Обуна бўлинг
Telegram
3.1K viewsedited  17:55
Ochish/sharhlash
2023-04-11 19:40:00
Qashqadaryo hokimi sovrini uchun o`tkazilgan xalqaro turnir g`olib va sovrindorlari (Qizlar)

Обуна бўлинг
Telegram
4.9K views16:40
Ochish/sharhlash
2023-04-11 19:39:03 Qashqadaryo hokimi sovrini uchun o`tkazilgan xalqaro turnir g`olib va sovrindorlari (Qizlar)

Xabar berganimizdek, Qarshi shahrida 2008-2009-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida "Qashqadaryo viloyat hokimi sovrini uchun" ochiq turnir tashkil etildi.

G`olib va sovrindorlar (Qizlar):

-36 kg vazn toifasi

1. Vazira Nurullayeva
2. Kamola Hasanova
3. Adiba Kenjayeva
3. Asaloy Xudoyberdiyeva

-40 kg vazn toifasi

1. Zarnigor Ulashova (Qarshi)
2. Hulkar Xushvaqtova (Toshkent)
3. Nilufar Shuhratova (Navoiy)
3. Nozliya Boboxonova (Qarshi)

-44 kg vazn toifasi

1. Nargiza Do`smamatova (Qarshi)
2. Aziza Shonazarova
3. O`g`iloy Umaraliyeva (Toshkent)
3. Zebo Ro`ziyeva (Judo Arena)

-48 kg vazn toifasi

1. Madina Quzbonzoda (Tojikiston)
2. Maftuna Abdurahmonova
3. Saodat Qoraboyeva (Jizzax)
3. Parvina Mavlonova

-52 kg vazn toifasi

1. Zuhra Berkunbayeva
2. Ruxsora Pardayeva
3. Fotima Berkunbayeva
3. Nilufar Isamova

-57 kg vazn toifasi

1. Gulsanam Hazratova
2. Nigina Umurzoqova
3. Aqsunqul Toqtarbayeva
3. Muhabbat Ro`ziboyeva

-63 kg vazn toifasi

1. Shodiya Mahmudova
2. Shaxinabonu Safarova
3. Dildora Diyorova
3. Asila Nafasova

-70 kg vazn toifasi

1. Intizor Uzoqboyeva
2. Sevinch Rasulova
3. Hulkar Jo`rayeva

+70 kg vazn toifasi

1. Zarina Bobonazarova
2. Dinara Norova

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.8K viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2023-04-11 19:14:33
Qashqadaryoda hokim sovrini uchun xalqaro turnir o'tkazildi...

Обуна бўлинг Telegram
5.4K views16:14
Ochish/sharhlash