Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.39K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-04-17 18:55:02
Motivatsiyaning zo’ri…

Обуна бўлинг Telegram
5.1K views15:55
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:14:55
Terma jamoamizning Yaponiyadagi mashg`uloti davom etmoqda

O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiya davlatida o’tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab bermoqda…

Обуна бўлинг Telegram
7.0K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:02:52
Qiziriqda o'smirlar o'rtasida Surxondaryo viloyati chempionati o`tkazildi

Обуна бўлинг
Telegram
7.5K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:01:25
Qiziriqda o'smirlar o'rtasida Surxondaryo viloyati chempionati o`tkazildi

Qiziriq tumanida dzyudo bo'yicha 2006-2007 (2008) yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida Surxondaryo viloyati birinchiligi tashkil etildi. Unda 250 nafar o'smir va qizlar musobaqa g'olibligi hamda O`zbekiston Kubogi yo'llanmalari uchun tatamiga chiqishdi.

Kecha viloyat chempionatida barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Endi shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilar mamlakat kubogida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladilar.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
7.1K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-16 08:49:30
Terma jamoamizning Yaponiyadagi mashg`uloti davom etmoqda

Shu kunlarda O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Yaponiya davlatida o’tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti.

Обуна бўлинг Telegram
8.2K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-04-14 19:39:59
O`zbekiston ayollar terma jamoasi dunyoga mashhur Kodokan International markazida

Shu kunlarda O`zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiya davlatida o’tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab bermoqda.

Обуна бўлинг Telegram
6.2K views16:39
Ochish/sharhlash
2023-04-14 07:07:11
Yoshlarimizning poytaxtdagi mashg‘uloti davom etmoqda

Qozog`istonda o`tgan Osiyo Kubogida ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda mashg`ulotlarni davom ettiryapti. Ushbu yig`in Tohir Fayziyev, Kamol Muradov va Iskandar Rasulov shogirdlari uchun poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan an’anaviy Uchqun Murodov xalqaro xotira turniri hamda Ozarbayjondagi musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o`tab beryapti.

Kecha kunning birinchi yarmida dzyudochilarimiz ochiq havoda kross yugurishgan bo`lsa, kunnihg ikkinchi yarmidagi mashg`ulotlar tatamiga ko`chdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.0K views04:07
Ochish/sharhlash
2023-04-13 23:01:06
Ramziddin Saidovni tabriklaymiz!

Bugun xalqaro toifadagi referi, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi", "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni, "Shuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov yana bir yoshga ulg‘aydi.

Ramziddin Saidov - 1982 yil 14 aprelda Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To‘rayevdan o‘rgangan. Saidov sportchilik faoliyati davomida Afina-2004 va London-2012 Olimpiadalari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lgan.

Saidov referi sifatida Tokio Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari, "Masters", "Katta Dubulg‘a", Gran-Pri musobaqalarida hakamlik qilgan va bu jarayon davom etmoqda.

O’zbekiston dzyudo federatsiyasi Ramziddin Saidovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
6.0K views20:01
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:29:04
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Uchqun Murodov xalqaro xotira turniri hamda Ozarbayjondagi musobaqaga tayyorgarlik ko`ryapti...

Обуна бўлинг Telegram
8.4K views12:29
Ochish/sharhlash
2023-04-13 14:27:10
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining mashg‘uloti poytaxtga ko`chdi

O`tgan oy Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o`tkazgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtda yig`ildi. Yoshlarimiz kuni kecha Qozog`istonda o`tgan Osiyo Kubogida ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallagan edi.

Toshkentda boshlangan mashg`ulotlar Tohir Fayziyev, Kamol Muradov va Iskandar Rasulov shogirdlari uchun poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan an’anaviy Uchqun Murodov xalqaro xotira turniri hamda Ozarbayjondagi musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o`tab beryapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
181 views11:27
Ochish/sharhlash