Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.39K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 86

2022-09-01 08:47:36 Istiqlolimizning 31 yillik to‘yi muborak, aziz yurtdoshlar!

Bugun 1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni!

Istiqlol barcha sohalarda bo‘lgani kabi sportda ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugun hech mubolag‘asiz O‘zbekiston jahonning sporti taraqqiy etgan davlatlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga yetgan deyishga asosimiz bor. Bularning bari istiqlol, hurriyatimiz mevasidir. Yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash uchun xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir.

Bugungi qutlug‘ sanada O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik to‘yi bilan muborakbod etib, mamlakatimizga tinchlik, osoyishtalik, har bir xonadonga farovonlik, dasturxonlaringizga to‘kinlik tilaydi!

Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimizning mustaqilligi abadiy bo‘lsin!


С 31-летием нашей независимости, дорогие соотечественники!

Сегодня, 1 сентября, День Независимости Республики Узбекистан!

Независимость, как и во всех сферах, открыла двери широким возможностям в спорте. Сегодня без преувеличения можно сказать, что Узбекистан вышел на уровень, на котором он может легко конкурировать с развитыми странами в мире спорта. Все это плод нашей независимости, нашей свободы. Гражданский долг и ответственность каждого из нас - служить развитию страны, развитию Родины и укреплению нашей независимости.

В этот знаменательный день Федерация дзюдо Узбекистана поздравляет всех наших соотечественников с 31-летием независимости Республики Узбекистан и желает нашему государству мира, спокойствия, благополучия в каждом доме и изобилия на ваших столах!

Пусть наша Родина будет мирной, небо нашим чистым, а независимость нашего Узбекистана вечной!

Обуна бўлинг Telegram
4.6K viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:27:40
Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Обуна бўлинг
Telegram
4.8K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:27:00
Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Обуна бўлинг
Telegram
4.3K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:26:07 Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Bosniya va Gertsegoviniyaning Sarayevo shahri mezbonligida o‘tgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgandi.

Tohir Fayziev murabbiyligidagi o`smirlarimiz dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida dunyoning 60 davlati orasida 4-o‘rinni egallagandi. Jamaoviy mikst bahslarida esa ilk bor bronza medali qo`lga kiritilgan edi.

Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari:

Oltin medal

-70 kg: Barchinoy Qodirova

Kumush medallari

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-66 kg: Shohjahon Otaboyev
-81 kg: Alisher Samanov
-90 kg: Abbos Shermahmatov

Bronza medallari

-44 kg: Umidaxon Burxonjonova
-63 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-73 kg: Samariddin Muhibiddinov

Biroz avval terma jamoamiz delegatsiyasi Saraevodan yurtimizga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionati qahramonlarini Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, dzyudochilarning oila a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qarshi olishdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
3.9K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:27:32
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshida Faxriylar kengashi tuzildi

Обуна бўлинг
Telegram
4.1K views12:27
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:54:58
O`zbek dzyudochi qizi sabab Saraevoda ikkinchi bor madhiyamiz yangradi!

Jahon chempionatining -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Barchinoy Qodirova sharafiga bayrog`imiz Italiya, Fransiya va Shvetsiya davlatlaridan yuqoriga ko`tarilib, O`zbekiston madhiyasi yangradi...

Diyora Keldiyorova etti yil oldin aynan Bosniya va Gertsegoviniya poytaxtida kadetlar o’rtasida jahon chempioni bo’lgan edi!!!

Обуна бўлинг
Telegram
3.0K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:41:24
Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида буюк саркарда Жалолиддин Мангуберди ҳайкалини очиб берди.

Президент Шавкат Мирзиёев открыл памятник великому полководцу Джалолиддину Мангуберды в городе Ургенче.

Facebook|Instagram|Twitter
3.1K views06:41
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:31:59
Abbos Shermahmatov (-90 kg) Jahon chempionatining kumush medalini qabul qilib oldi...

Обуна бўлинг Telegram
3.4K viewsedited  06:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:31:08
Jamoaviy bahslarda ham tarix yangilandi!

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining bronza medallarini qabul qilib oldi. Kadetlar o`rtasidagi jahon chempionatlarida hali shu paytgacha sovrindor bo`lmagan edik. Demak, bu borada ham tarix yangilandi!

Eslatib o`tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallagan edi.

Обуна бўлинг Telegram
6.6K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:13:38
O‘zbekiston Jahon chempionatining bronza medali sovrindori!

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kunidan o‘rin olgan jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Hozirgina O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun kechgan bellashuvda tunislik dzyudochilarni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlabki ikki juftlik bellashuvida tunislik dzyudochilar tatamiga chiqmagani bois, g‘alaba avtomatik tarzda terma jamoamizga taqdim etildi. Qolgan ikki uchrashuvda esa Elnur Xolmo‘minov (+81 kg) Karim Garbidan, Sardor Himmatov (-60 kg) Hilalidan ustun keldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu ushbu jahon chempionatidagi 9-medalimiz bo‘ldi.

Jahon birinchiligining yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallagandik.

Обуна бўлинг Telegram
7.1K viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash