Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.37K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-10 10:26:18 Qozog‘istonning Almati shahrida o`tkazilgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining yakuniy natijalari setkasi...

Обуна бўлинг
Telegram
972 viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:47:40
O`zbekiston terma jamoasining Yaponiyadagi mashg`uloti davom etmoqda

Shu kunlarda O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Yaponiyaning Tokiyo shahrida o’tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab bermoqda.

Ma`lumot uchun, dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtdagi bir nechta davlat terma jamoalari ishtirokida o`tayotgan mashg`ulotlarni 21 aprelga qadar davom ettirishadi.

Обуна бўлинг Telegram
2.8K views06:47
Ochish/sharhlash
2023-04-09 16:56:55 Yoshlarimizning Osiyo Kubogidagi natijalari (Qizlar)

Xabar berganimizdek, bugun Qozog‘istonning Almati shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Kubogi o‘z yakuniga yetdi.

Uch qit’aning 10 davlati dzyudochilari ishtirok etgan musobaqaning so‘nggi kuni yoshlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Quyida qizlarimizning qit’a kubogidagi natijalari bilan tanishing.

Barcha g‘olib va sovrindorlar (Qizlar):

-48 kg vazn toifasi (13 ishtirokchi)

1. Sevinch Murodova (O‘zbekiston)
2. Tasnim Abduali (Qozog‘iston)
3. Irina Dubovskaya (Qozog‘iston)
3. Nuralim Sarsenbek (Qozog‘iston)

-52 kg vazn toifasi (18 ishtirokchi)

1. So‘g‘diyona Rafkatova (O‘zbekiston)
2. Gulhayo Jo‘rayeva (O‘zbekiston)
3. Nandin-Erdene Myagmarsuren (Mo‘g‘uliston)
3. Arujan Yerejepova (Qozog‘iston)

-57 kg vazn toifasi (14 ishtirokchi)

1. Uldana Usseyn (Qozog‘iston)
2. Erdenetsetseg Tsogbadrah (Mo‘g‘uliston)
3. Janar Joldosheva (Qirg‘iziston)
3. Altinay Nurxanova (Qozog‘iston)

-63 kg vazn toifasi (14 ishtirokchi)

1. Samalay Yergaliyeva (Qozog‘iston)
2. Gulnur Bahanova (Qozog‘iston)
3. Adina Kochkonbayeva (Qirg‘iziston)
3. Karligash Telman (Qozog‘iston)

-70 kg vazn toifasi (9 ishtirokchi)

1. Azhar As'hat (Qozog‘iston)
2. Anastasiya Morozova (Qozog‘iston)
3. Saule Almazova (Qirg‘iziston)
3. Akbota Kidirali (Qozog‘iston)

-78 kg vazn toifasi (10 ishtirokchi)

1. Shahida Narmuhammedova (Qirg‘iziston)
2. Shirinjon Yo‘ldosheva (O‘zbekiston)
3. Shinar Ibrayeva (O‘zbekiston)
3. Shinar Abatova (Qozog‘iston)

+78 kg vazn toifasi (7 ishtirokchi)

1. Karina Takiyeva (Qozog‘iston)
2. Durdona Nizomaddinova (O‘zbekiston)
3. Akmarjan Turdajiyeva (Qirg‘iziston)
3. Mohlaroyim Tuxtamisheva (O‘zbekiston)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
8.7K viewsedited  13:56
Ochish/sharhlash
2023-04-09 16:36:17 Yoshlarimizning Osiyo Kubogidagi natijalari (O‘g‘il bolalar)

Bugun Qozog‘istonning Almati shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Kubogi o‘z yakuniga yetdi.

Uch qit’aning 10 davlati dzyudochilari ishtirok etgan musobaqaning so‘nggi kuni yoshlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar (O‘g‘il bolalar):

-60 kg vazn toifasi (37 ishtirokchi)

1. Zamohshari Bekmurodov (O‘zbekiston)
2. Teljan Sultanbay (Qozog‘iston)
3. Nurgeldi Kanat (Qozog‘iston)
3. Aman Bakitjan (Qozog‘iston)

-66 kg vazn toifasi (45 ishtirokchi)

1. Janaris Rahmetkali (Qozog‘iston)
2. Muhammadyahyo Muhammadjonov (O‘zbekiston)
3. Nursultan Jubatkan (Qozog‘iston)
3. Nursultan Zayzagaliyev (Qozog‘iston)

-73 kg vazn toifasi (30 ishtirokchi)

1. Adilet Almat (Qozog‘iston)
2. Hojiakbar Toshev (O‘zbekiston)
3. Nurmuhammed Bakirdinov (Qirg‘iziston)
3. Orazgeldi Uralov (Qozog‘iston)

-81 kg vazn toifasi (30 ishtirokchi)

1. Shahzodxo‘ja Sharipov (O‘zbekiston)
2. Nurjan Bissenov (Qozog‘iston)
3. Muhammadjon Abdujalilov (Tojikiston)
3. Azat Kumisbay (Qozog‘iston)

-90 kg vazn toifasi (23 ishtirokchi)

1. Muhammedali Mavlidov (Qozog‘iston)
2. Muhammadali Tangriyev (O‘zbekiston)
3. Muhammadsodiq Sodiqov (O‘zbekiston)
3. Kudiret Dossimov (Qozog‘iston)

-100 kg vazn toifasi (19 ishtirokchi)

1. Rustam Shorahmatov (O‘zbekiston)
2. Numonjon Rajabov (O‘zbekiston)
3. To‘lqinbek Turdiyev (O‘zbekiston)
3. Firdavs Davlatov (O‘zbekiston)

+100 kg vazn toifasi (16 ishtirokchi)

1. Ibrohimjon Elmurodov (Tojikiston)
2. Nursultan Kablan (Qozog‘iston)
3. Javohir Mirodullayev (O‘zbekiston)
3. Abdulloh Xudoyorov (O‘zbekiston)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
9.3K viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2023-04-09 16:21:15
Yosh dzyudochimiz Zafarbek O`ktamov buyuk vatandoshimiz, sarkarda va davlat arbobi Amir Temur haqida...

Обуна бўлинг
Telegram
6.6K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2023-04-09 15:40:48
Almatida davom etayotgan Osiyo Kubogining yoshlar o`rtasidagi bellashuvlarida terma jamoamiz a`zosi Shakhzodxo`ja Sharipov o`z vazn toifasida g`olib bo`ldi. Chempion sharafiga O`zbekiston bayrog`i ko`tarilib, madhiyamiz yangradi...

Обуна бўлинг
Telegram
1.7K viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash
2023-04-09 12:46:42 Kadetlarimiz Osiyo Kubogida 25 ta medal qo‘lga kiritishdi

Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogining kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlari yakuniga yetdi.

Almaty Asian Cadet Cup 2023 turnirining ikkinchi kungi bahslarida og‘ir vazn toifasi vakillari medallar uchun kurash olib borishdi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ikkinchi kungi bellashuvlarda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ikki kunlik baxslar yakuniga ko‘ra esa kadetlarimiz 5 ta oltin, 6 ta kumush, 14 ta bronza, jami 25 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 10 davlat orasida 2-o‘rin bilan Osiyo Kubogidagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Ikkinchi kungi g‘olib va sovrindorlar:

O‘smirlar

-81 kg vazn toifasi (16 ishtirokchi)

1. Dosbol Balgabay (Qozog‘iston)
2. Abror Nurmanov (O‘zbekiston)
3. Rassul Muhum (Qozog‘iston)
3. Behruzbek Rustamboyev (O‘zbekiston)

-90 kg vazn toifasi (19 ishtirokchi)

1. Hakimjon Mahkamov (O‘zbekiston)
2. Berikbol Jumanbekov (Qozog‘iston)
3. Temirlan Nurbekov (Qozog‘iston)
3. Muhammadali Po‘latov (O‘zbekiston)

+90 kg vazn toifasi (18 ishtirokchi)

1. Sherxan Alpanov (Qozog‘iston)
2. Alixan Nazimxanov (Qozog‘iston)
3. Alibek Hayitboyev (O‘zbekiston)
3. Elnur Xolmo‘minov (O‘zbekiston)

Qizlar

-63 kg vazn toifasi (20 ishtirokchi)

1. Maralmaa Xurelchuluun (Mo‘g‘uliston)
2. Jibek Jayssangbay (Qozog‘iston)
3. Dinora Egamberganova (O‘zbekiston)
3. Ruhshona Berkinbayeva (O‘zbekiston)

-70 kg vazn toifasi (12 ishtirokchi)

1. Saulemay Sagitjan (Qozog‘iston)
2. Lizi Kvarsxava (Gruziya)
3. Mushtariybegim Afsalova (O‘zbekiston)
3. Anissa Ibatolla (Qozog‘iston)

+70 kg vazn toifasi (18 ishtirokchi)

1. Guldana Tengelbayeva (Qozog‘iston)
2. Ruslana Mahatova (Qozog‘iston)
3. Akmarjan Turdajiyeva (Qirg‘iziston)
3. Ayimzada Dumankizi (Qozog‘iston)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.7K viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2023-04-09 08:35:00
Bugun buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi

1336 yil yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur dunyoga kelgan edi.

U hijriy 736 yil 25 sha’bonida (1336 yil 9 aprelida), seshanba kuni, o‘n ikki hayvonli Turk taqvimiga ko‘ra sichqon yilida, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘ilgan.

1370 yil Sohibqiron milodiy hisobda 34 yoshga to‘lgan kuni Balxda taxtga o‘tirdi va Saroymulkxonimga uylandi. Bu – Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o‘n ikkinchisida, chorshanbayi murodbaxshda yuz berdi. Xon qizi bo‘lgan Saroymulkni nikohiga olishi munosabati bilan Temurga “ko‘ragon” (xon kuyovi) unvoni berildi. Sohibqiron hozirgi geografik kartadagi 27 ta davlatni o‘z hukmronligi ostida birlashtira olgan buyuk sarkarda bo‘lgan.

Обуна бўлинг Telegram
8.1K views05:35
Ochish/sharhlash
2023-04-09 08:18:35
O`zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga yetib bordi

Marko Spittka va Jamshid Xudoyberganov boshchiligidagi O`zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaning Tokiyo shahrida o’tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Kunchiqar yurtga yetib bordi. Ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab beradi. Dzyudo vatanidagi mashg`ulotlar 21 aprelga qadar davom etadi.

Tokioga yo‘l olgan tarkib:

Halimajon Qurbonova (-48 kg), Sita Kadambayeva (-52 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Shukurjon Aminova (-57 kg), Nilufar Ermaganbetova (-57 kg), Shohista Nazarova (-70 kg), Gulnoza Matniyazova (-70 kg), Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg).

Murabbiylar: Marko Spittka (Federatsiya sport direktori), Jamshid Xudoyberganov

Shifokor: Javlon Hasanov

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
7.5K viewsedited  05:18
Ochish/sharhlash
2023-04-08 17:39:15
O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo Kubogi shohsupasida!!!

Обуна бўлинг
Telegram
9.0K views14:39
Ochish/sharhlash