Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.39K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-20 11:00:47
O’zbekiston ayollar terma jamoasining Yaponiyadagi o`quv-mashg`ulot yig’ini yakuni sari yaqinlashmoqda...

Обуна бўлинг Telegram
2.1K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 10:58:29
Buxoroda KYU talabini bajargan 200 nafarga yaqin dzyudochiga sertifikat topshirildi

Rangli belbog`lar uchun o`tkazilgan Imtixonlarda viloyatning Peshku, Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon tumanlari, Buxoro shahri sport maktabi, Buxoro OMSTTM, Buxoro shahar OPSTBDIMI jamoalaridan 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar ishtirok etishdi.

Yakunda Imtihondan muvaffaqiyatli o`tgan dzyudochilarga O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov hamda Buxoro viloyati hakamlar hay’ati raisi Bekzod Haydarovlar tegishli rangli belbog`lar va sertifikatlarni tantanali tarzda taqdim etishdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
2.2K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:12:34
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
3.4K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-04-19 13:25:44
Buxoro viloyatida KYU talabi uchun imtihonlar davom etmoqda

Unda viloyatning Peshku, Jondor, Romitan, Buxoro, Kogon tumanlari, Buxoro shahri sport maktabi, Buxoro OMSTTM, Buxoro shahar OPSTBDIMI jamoalaridan 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar rangli belbog`lar uchun imtihon topshirish maqsadida tayyorgarlik ko‘rib kelishgan.

Imtihonlarni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov hamda Buxoro viloyati hakamlar hay’ati raisi Bekzod Haydarovlar olib borishyapti. Imtihon ayni shu soniyalarga ham davom etmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
3.4K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-04-19 12:56:12
Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum (Ayollar)

Xabaringiz bor, 7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 36-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Yilning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Hozirgacha jahon chempionatida qatnashish istagini 5 qit’aning 91 davlatidan jami 592 (307 erkak, 285 ayol) nafar dzyudosi bildirgan.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva

-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Yermaganbetova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

+78 kg: Rinata Ilmatova

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.0K viewsedited  09:56
Ochish/sharhlash
2023-04-19 11:45:41
Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum (Erkaklar)

Xabaringiz bor, 7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 36-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Yilning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Hozirgacha jahon chempionatida qatnashish istagini 5 qit’aning 91 davlatidan jami 592 (307 erkak, 285 ayol) nafar dzyudosi bildirgan.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Dilshodbek Baratov

-66 kg: Sardor Nurillayev, Muhriddin Tilovov

-73 kg: Obidxon Nomonov, Murodjon Yo‘ldoshev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruhxon Baxtiyorov

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.2K viewsedited  08:45
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:01:12
O’zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiyadagi yig’ini yakunlandi

Deyarli ikki hafta davomida O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiya davlatida o’tkazilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdi. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab berdi.

Bugun Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtdan Toshkentga qaytib kelishadi. Qisqa muddatli dam olishdan so’ng so’nggi o’quv-mashg’ulot yig’iniga to’planiladi.

Ma’lumot uchun, O’zbekiston ayollar terma jamoasining Yaponiyadagi mashg’uloti 21 aprelga qadar davom etadi…

Обуна бўлинг Telegram
5.5K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2023-04-18 16:06:37
Terma jamoamizning Yaponiyadagi mashg`ulotidan yana bir reportaj

Обуна бўлинг
Telegram
2.1K views13:06
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:36:34
Olotda KU talabi uchun imtixonlar boshlandi

Buxoro viloyatining chekka Olot tumanida yosh dzyudochilarga KU talab va majburiyatlari uchun imtixon tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda yosh dzyudochilar KU talabi, sodda qilib aytganda rangli belbog‘lar uchun imtixon topshirishadi. KU talab va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarganlar esa yangi rangli belbog‘larga ega bo‘ladilar va tabiiyki, bir daraja yuqoriga ko‘tarilib oladilar.

Imtixonga shaxsan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov boshchilik qilyapti. Unga xalqaro toifadagi hakamlar Ilhom Adizov va Ozod To‘rayev yordam berishmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
3.1K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:16:07
Бизни кутяпсанми, Қатар?

7-14 may kunlari Qatar davlati kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi…

Обуна бўлинг Telegram
4.7K views11:16
Ochish/sharhlash