Get Mystery Box with random crypto!

Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To‘rayevni tabriklaymiz! | Judo Uz

Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To‘rayevni tabriklaymiz!

Bugun o‘zbek sportiga mashhur sportchilar, xususan dzyudochilarni yetkazib bergan Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam aka To‘rayev tavallud ayyomlarini nishonlayaptilar.

Yuksak ma’naviyat va ma’rifat sohibi bir necha avlod dzyudochilariga ustozlik qildilar va bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Shogirdlari orasida Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov, Farhod To‘rayev, Kamol Murodov kabi mashhur dzyudochilarni alohida ta’kidlash joiz.

Rustam To‘rayev O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni, "El-yurt hurmati" ordeni hamda ko`plab ko`krak nishonlari va medallar bilan taqdirlanganlar.

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, dzyudochilar va ko`p ming sonli shogirdlari nomidan Rustam aka To‘rayevga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. Ilohim, ko‘p yillar farzandlar, nabirayu chevaralar, shogirdlar rohatini ko‘rib yuring.

Обуна бўлинг Telegram