Get Mystery Box with random crypto!

Buxorolik dzyudochilar Osiyo Kubogida 9 ta medal qo`lga kiriti | Judo Uz

Buxorolik dzyudochilar Osiyo Kubogida 9 ta medal qo`lga kiritishdi

Xabaringiz bor, 6-9 aprel kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo Ochiq Kubogi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Tojikiston, Qozog‘iston, Gruziya, Turkmaniston, AQSH, Gretsiya, Qirg‘iziston, Mo`g`uliston, O‘zbekiston davlatlaridan 700 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Osiyo Kubogi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 44 ta medal bilan faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Terma jamoamizning bu yutug‘iga Buxoro viloyati sportchilari o`zlarining 9 ta medallari bilan hissa qo`shishdi.

Oltin medal sohiblari:

-60 kg:
Zamaxshariy Bekmurodov
-81 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Hakimjon Mahkamov

Kumush medal sohiblari:

-40 kg:
Dilnoza Hamidova
-73 kg: Toshev Hojiakbar 73 kg
-100 kg: No‘mon Rajabov

Bronza medal sohiblari:

-100 kg:
To‘lqin Turdiyev
-48 kg: Sabina Azamatova
-70 kg: Mushtariybegim Afzalova

Обуна бўлинг Telegram