Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.39K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 87

2022-08-28 16:26:19
Jahon chempionati bronza medali uchun kechadigan bahsdagi raqibimiz ma’lum

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kunidan o‘rin olgan jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Biroz avval saralash bellashuvlari yakunlanib, jahon chempionatining medallari uchun tatamiga chiqadigan juftliklar ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘tish bahsida Kanadadan 4-1 hisobida ustun kelgandi.

Hozirgina yarim finaldan o‘rin olgan Fransiya - Tunis uchrashuvida terma jamoamizning bronza medali uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Unda fransiyalik dzyudochilar 4-1 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi. Tunis esa endi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.7K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:19:34
Kanadaga imkoniyat qoldirilmadi. Bronza uchun tatamiga chiqamiz!

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kunidan o‘rin olgan jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Hozirgina O‘zbekiston hamda Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi bronza medali yo‘lidagi o‘tish uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.

Unda dzyudochilarimiz kanadalik raqiblarini katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratishdi - 4:1! Alisher Samanov (-81 kg), Barchinoy Qodirova (+63 kg), Elnur Xolmo‘minov (+81 kg) va Sardor Himmatov terma jamoamizga g‘alaba taqdim etishdi. Zarina Jamolova (-48 kg) esa raqibasiga yutqazib qo‘ydi. Endi yarim finalda mag‘lub bo‘lgan terma jamoalardan biriga qarshi jahon chempionatining bronza medali uchun kurashamiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.7K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 14:37:03
O‘zbekiston vs Ukraina. Vazni og‘irlar g‘alabani hal qilgan bellashuv

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kuni jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Hozirgina O‘zbekiston hamda Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Biz uchun qur’a omadsiz kelgan bellashuvda ukrainalik dzyudochilar 4-1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi. +63 va +81 kg vazn toifalarida kechgan bahslarda Qodirova hamda Shermahmatov o‘zlaridan vazni ancha yuqori bo‘lgan raqiblari bilan bellashishlariga to‘g‘ri keldi.

Jamoamizga yagona g‘alabani Muhibiddinov (-81 kg) taqdim etdi. Endi terma jamoamiz bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida ishtirok etadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.6K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:56:07
Xalqaro toifadagi referi Zokir Sobirovni tabriklaymiz!

Bugun xalqaro toifadagi hakam, iste`dodli murabbiy, ko`plab chempion shogirdlarning ustozi Zokir Sobirov o`z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Zokir aka uchun ikki karra quvonchli kun. Uning shogirdi Barchinoy Qodirova (-70 kg) jahon chempionatining finalida italiyalik Serena Ondeini taslim etib, oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu yutug`i bilan Barchinoy barcha yurtdoshlarimiz qatori ustoziga ham ajoyib sovg`a tayyorladi.

Zokir Sobirov Qozog‘istonning Almati shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan o`tkazilgan xalqaro seminarda imtixonlarni muvaffaqiyatli tarzda topshirib, hakamlikning A (Interneyshnl) xalqaro toifasini qo`lga kiritgandi.

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi Zokir Sobirovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi. U kishiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yana ko`plab jahon va Osiyo chempionlarini tayyorlashlarida kuch-quvvat tolaymiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
5.5K views10:56
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:30:36
Jahon chempionati. Mo‘g‘uliston mag‘lub etildi. Navbat - Ukrainaga!

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kuni jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. O‘n to‘rt davlat orasida Tohir Fayziyev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurashyapti.

Hozirgina O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining ilk davrasida mo‘g‘ulistonlik dzyudochilarga qarshi kechgan murosasiz bahsni yakunladi va 4-2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi dzyudochilarimizni ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlaydigan Ukraina terma jamoasi kutib turibdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.5K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:56:18
Jamoaviy saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi

IJF rasmiy saytida jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin

https://live.ijf.org/wc_cad_teams2022/live_video
5.9K views06:56
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:48:16
Jahon chempionatining jamoaviy bahslarida ishtirok etamiz

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqaning so‘nggi kuni jamoaviy bahslar o‘tkaziladi. Unda Tohir Fayziyev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jami 14 davlat terma jamoalari jahon chempionati medallari uchun bahs olib boradi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari guruh bosqichining ilk davrasida mo‘g‘ulistonlik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqishadi. Ushbu juftlik g‘olibini Ukraina terma jamoasi kutib turibdi.

Qur’a natijalari:

Ukraina - O‘zbekiston/ Mo‘g‘uliston
Kanada - Ozarbayjon/ Bosniya va Gersegoviniya
Misr - Tunis
Gruziya - Gretsiya
Fransiya - Braziliya
Turkiya - Qozog‘iston

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.9K viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash