Get Mystery Box with random crypto!

Abdulla Muradovni tabriklaymiz! Bugun Xalqaro dzyudo federa | Judo Uz

Abdulla Muradovni tabriklaymiz!

Bugun Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)da samarali faoliyat yuritib kelayotgan yurtdoshimiz, O‘zbekiston dzyudosi rivoji hamda xalqaro imidjiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan tajribali mutaxassis Abdulla Muradov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, hakamlar va dzyudochilar nomidan Abdulla Muradovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi katta dzyudo oilasi Abdulla Muradovning yurtimiz dzyudosiga qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi va uning kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram