Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.39K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-23 13:32:26
-52 kg vaznda jahon chempioni bo’lish uchun da’vogarlar

Olimpiada va jahon chempioni Uta Abedan o’zimizning qorako’z Diyora Keldiyorovagacha…

Обуна бўлинг Telegram
4.9K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2023-04-23 12:17:46
Kayfiyatni ko’taramiz!

Обуна бўлинг
Telegram
5.1K viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2023-04-23 11:49:10
Shuhrat Arslanovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, dotsent Shuhrat Arslanov oʻz tavallud kunini nishonlamoqda.

Shuhrat Arslanovich Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi, dzyudo boʻyicha 2-dan qora belbogʻ sohibi hisoblanadi. U kishi tomonidan yozilgan ko’plab o’quv-qo’llanmalari orasida ”Dzyudo“, “Sport mahoratini oshirish: dzyudo“ nomli kitoblar ham oʻquv jarayonlarida samarali tarzda foydalanib kelinmoqda.

O’zbekiston dzyudo federatsiyasi Shuhrat Arslanovni bugungi tavallud kun bilan muborakbod etadi. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va barcha yaxshi niyatlarni tilaymiz.

Обуна бўлинг Telegram
6.0K viewsedited  08:49
Ochish/sharhlash
2023-04-23 10:50:03
Tojikiston terma jamoasining jahon chempionatiga boradigan tarkibi

Tojikiston terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi Qatar poytaxti Doha shahri mezbonligida o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Murabbiylar qaroriga ko‘ra -60 va -100 kg vazn toifalariga dzyudochi qo‘yilmadi.

Tojikiston terma jamoasi tarkibi:

-66 kg: Emomali Nurali

-66 kg: Shahboz Saidabrorov

-73 kg: Behruz Hojazoda

-81 kg: Shodmon Rizoyev

-81 kg: Somon Mahmadbekov

-90 kg: Komronshoh Ustopiriyon

-90 kg: Jahongir Majidov

+100 kg: Temur Rahimov

Tojikiston terma jamoasi 14 may kuniga belgilangan jamoaviy bahslarda ishtirok etmaydi.

Обуна бўлинг Telegram
6.4K viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash
2023-04-22 13:44:14
Ular jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladilar

7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 36-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi…

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva

-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Yermaganbetova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

+78 kg: Rinata Ilmatova

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
6.7K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-04-22 13:38:04
Ular jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladilar

7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 36-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi…

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Dilshodbek Baratov

-66 kg: Sardor Nurillayev, Muhriddin Tilovov

-73 kg: Obidxon Nomonov, Murodjon Yo‘ldoshev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruhxon Baxtiyorov

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
7.0K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2023-04-20 22:21:02
Ramazon Hayiti muborak, aziz yurtdoshlar!

Yaratganning marhamati ila oylarning sultoni Mohi Ramazonning ulug‘ kunlarida belgilangan burch hamda vazifalarni baholi qudrat ado etdik.

Shu kunlarga yetkazgani uchun O‘ziga behad shukrlar, hamdu sanolar bo‘lsin! Qilgan ibodatlarimiz, tutgan ro‘zalarimizning Yaratganning dargohida qabul bo‘lishi, barchamizga mukarram oyning saodatidan ulushlar yozilishidan umidvormiz.

Alloh jonajon O‘zbekistonimizning tinchligi, osmonimiz musaffoligini barqaror qilsin! Qalbingizda neki pok tilaklar bo‘lsa, barchasi ijobat topsin! To‘kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lsin!

Bugungi farovon, fayzli, qut-barakotli yurtda yashab, Vatanimiz yuksalishi yo‘lida halol mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga Iydi Ramazon Hayit bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.9K views19:21
Ochish/sharhlash
2023-04-20 19:02:22
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
5.3K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:54:05
Buxoroda O‘zbekiston Kubogiga saralash musobaqasi o‘tkazilyapti

Xabar berganimizdek, 28-30 aprel kunlari Chirchiq shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda viloyatlarda ushbu musobaqaga saralash turnirlari o‘tkazilyapti. Jumladan, Buxoroda ham mamlakat kubogiga viloyat saralash musobaqasi tashkil etilmoqda.

Musobaqada Buxoro viloyatining deyarli barcha tuman va shaharlaridan kelgan 255 nafar dzyudochi g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqyapti. G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Kubogida Buxoro viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritishadi.

E’tiborlisi, saralash bellashuvlarini bevosita O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Buxoro viloyati dzyudo federatsiyasi raisi Shuhrat Ochilov kuzatib boryapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
7.5K views11:54
Ochish/sharhlash
2023-04-20 11:54:24
Chirchiq mezbonlik qiladigan O‘zbekiston Kubogiga tayyorgarlik muhokama qilindi

28-30 aprel kunlari Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha o’smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bellashuvlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida o‘tgan yig‘ilishda bo‘lajak mamlakat kubogiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Federatsiya raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov boshchiligida o‘tgan tadbirda musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik, delegatsiyalarni kutib olish va joylashtirish, Kubok bahslari boshlanishidan oldidan hakamlar uchun tashkil etiladigan seminar hamda boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Aynan shu yosh toifasidagi mamlakat kubogi musobaqasi ishtirokchilar soni bo’yicha eng kattasi bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 1200 nafardan ziyod dzyudochi tatamiga chiqadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
6.5K views08:54
Ochish/sharhlash