Get Mystery Box with random crypto!

Qiziriqda o'smirlar o'rtasida Surxondaryo viloyati chempionati | Judo Uz

Qiziriqda o'smirlar o'rtasida Surxondaryo viloyati chempionati o`tkazildi

Qiziriq tumanida dzyudo bo'yicha 2006-2007 (2008) yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida Surxondaryo viloyati birinchiligi tashkil etildi. Unda 250 nafar o'smir va qizlar musobaqa g'olibligi hamda O`zbekiston Kubogi yo'llanmalari uchun tatamiga chiqishdi.

Kecha viloyat chempionatida barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Endi shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilar mamlakat kubogida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladilar.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram